image

Yillar so’ngra “qayta tug’ilgan” oila.

date_range27.04.2022, 10:31
Bugun mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, ularga zarursharoitlarni yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xorazm viloyatida tuman (shahar) FHDY bo’limlaritomonidan “Mahallabay” ishlash tamoili orqali sohaga oidfuqarolarni qiynab kelayotgan muammolari oʻrganilib, ularningmurojaatlari tez fursatlarda koʻrib chiqilmoqda.
O’rganishlar natijasida Gurlan tumani FHDY xodimlariko’magida ushbu  tumanda istiqomat qiluvchi bir oilaningtug’ilganligi qayd etildi. Asli Turkmanistonlik, taqdir taqozosibilan O’zbekistonga kelin bo’lib kelgan Sayyara Toliyyevaningshu kunga qadar hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatimavjud emasligi aniqlandi. Shu sababdan, uy sharoitidadunyoga kelgan 4 nafar farzandi ham rasmiy hujjatlarsiz kattabo’lishgan.Tuman FHDY bo’limi xodimlarining amaliy koʻmagi bilanToliyyeva Sayyoraga «1993-yildagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiyishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlartoʻgʻrisida»gi Minsk Konvensiyasi orqali TurkmanistonRespublikasiga yuborilgan so’rovnomaning javobiga asosantug’ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Darhaqiqat, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nisbataneʼtiborsizlik va farzandlariga tugʻilganlik toʻgʻrisidagiguvohnoma rasmiylashtirish boʻyicha oʻz vaqtida murojaatqilmaganligi tufayli S.Toliyyeva o’zi va 2002 yilda tug’ilganSurayyo, undan 2 yil keyin tug’ilgan Zarifa (2004 yil) va 2013 yilda tug’ilgan egizak farzandlari Xasanboy va Xusanboylaroradan yillar oʻtib “metrika”ga ega bo’lishdi. 

Endilikda bu oila a’zolari boshqalar kabi o’z huquqlaridanfoydalanishlari mumkin.
Hozirda S.Toliyyeva va uning turmush o’rtog’ini qonuniynikohdan o’tkazish choralari ham ko’rilmoqda.