image

Hazorasp tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

date_range12.11.2021, 12:22
2021-yil 11-noytabr kuni Hazorasp tumanida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga  bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tadbirda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig'i, boshqarma xodimlari hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori va o‘rinbosarlari ishtirok qildilar.



Shuningdek, barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi xodimlari va maktab direktorlari Zoom platformasi orqali ishtirok qildilar.
Hazorasp tumani ta’lim sifati ko‘rsatkichi quyi o‘rinlarda bo‘lganligi sababli tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablar faoliyati beshta tumandan shakllantirilgan ishchi guruhlari tomonidan o‘rganildi. 
Yig‘ilish davomida boshqarmaning boshliq o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan ishchi guruhi umumta’lim maktablari hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi faoliyatini o‘rganish davomida aniqlagan kamchiliklar tanqidiy tarzda tahlil qilindi. 



Ishchi guruhi xulosalariga ko‘ra tumandagi 9 ta maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati qoniqarli deb topilgan bo‘lsa, 5 ta maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘z lavozim vazifalarini to‘laqonli bajara olmayotganliklari aniqlandi.
Ishchi guruhi a’zolari qolgan 40 ta maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini yaxshilash  uchun o‘z kafilliklariga oldilar. 
O‘rganishdan asosiy maqsad, ta’lim sifatini ko‘tarish va metodik yordam berish bo‘lib, yig‘ilish yakunida tumandagi 54 ta maktabga 5 ta tumandan tajribali o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mas’ul qilib berkitildi. Ular ushbu maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, moliyaviy xatoliklarning oldini olish bo‘yicha o‘quv yili yakuniga qadar metodik yordam ko‘rsatishi belgilandi. 

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati