Urganch davlat universitetida talabalar va OAV hodimlari uchun ochiq muloqot o'tkazildi.
date_range10.11.2021, 17:45
2021-yilning 10-noyabr sanasida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Kafedralar faoliyati: o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqot ishlari va yoshlar seleksiyasi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
UrDU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Xodjaniyozov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar ishtirokidagi mazkur ochiq muloqotda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda viloyatdagi blogerlar qatnashdilar.
✔️Tadbirning asosiy maqsadi - talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etishdir.
Uchrashuvda prorektorlar tomonidan universitetning bugungi kundagi faoliyati, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kafedralar faoliyati, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, yangi o‘quv binolarining qurilishi, shuningdek, ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida, universitetda ilmiy ishlar va xalqaro aloqalarning borishi, xorij mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida chet tillarini o‘rganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, ushbu imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanib, har bir talaba doim o‘z ustida ishlash lozimligi, harakatdan to‘xtamasligi, hamisha izlanishda bo‘lib, chuqur bilim olishlari zarurligini alohida ta’kidladilar.
Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati

Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш