image

Gurlan tuman hokimi Zakovat finalchisi bilan uchrashdi.

date_range16.10.2021, 17:31


Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov “Zakovat” breyn-ring turnirining grand final bosqichida gʻolib boʻlgan Xorazm viloyati jamoasi a’zosi Jumanov Bekzod va uning ota-onasi bilan uchrashdi.


Tuman hokimi Murodjon Achilov Bekzodning Xorazm sharafini munosib himoya qilib, gurlanliklarning faxr tuyg’usini tuyishiga sabab bo’lganini, bilim bilan qanday yuksakliklarga erishish mumkinligini yana bir bor isbotlaganini ta'kidlab, uning bundan keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.




Uchrashuv so‘ngida Murodjon Achilov Jumanov Bekzod va uning ota-onasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.