image

Xorazmda issiqlik ta'minoti tizimlarini ta'mirlash uchun 34mlrd so'm ajratilgan.

date_range09.11.2021, 16:21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 martdagi 21-sonli yigʼilish bayonida belgilangan 11 ta (“Bolalar shifoxonasi, Markaziy poliklinika, Vodnik, Vodxoz, Progress, Medgorodok, MEZ, Temir yo‘l, 67-daha, 5-son Muratboev, Kardialogiya) qozonxonalari va 39 ta qozon hamda 9,7 km issiqlik tarmoqlarini (34,372 mlrd.so‘mlik) rekonstruksiya va modernizatsiya qilish belgilangan. Аmalda 11 ta qozonxona va 39 qozon 100%ga, 9,7 km issiqlik tarmoqlari 82%ga bajarildi va bugungi kunda taʼmirlash ishlari davom qilmoqda.
 
⚒Taʼmirlashdagi qozonxona isteʼmolchilari yaʼni 78 ta ko‘p kvartirali uylar, 23 ta ijtimoiy soha obʼektlari sifatli issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanmoqda.
 
2021 yilda 11 ta qozonxonada taʼmirlash ishlari olib borilishi natijasida “Xorazm issiqlik manbai” DUK o‘rtacha yillik energiya resursi sarfi 435,1 ming.m3 tabiiy gazdan, 90,3 ming.kvt elektr energiya sarfini kamaytirish ko‘rsatkichlari belgilangan.