Урганч шаҳрида йилига 105,8млрд сўмлик маҳсулот ишлаб чиқарадиган корхона ишга тушади

Bugun shahrimizda joylashgan Urganch Texnoparkda yangi loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov, tuman, shahar hokimlari va tuman klaster rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur "KO'HNA DIYOR TEXTIL" MChJ da trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu loyiha qiymati 37,3 mlrd. so'mni tashkil etadi.

"Mazkur korxona ishga tushirilishi bilan 300 ta yangi ish joylari yaratiladi ya'ni 300 ta hamshaharlarimizni ish bilan ta'minlaydi. Bunday yirik loyihalar ishga tushirilishi boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda.Tez kunda ular haqida ham to'liq ma'lumot beramiz" - deydi Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev.

Korxonaga zamonaviy uskuna va jihozlar Xitoy davlatidan keltirilgan.
Korxona rahbarining ta'kidlashicha, korxonada yillik quvvati 105,8 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.















Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш