image

Urganch davlat universitetida "Turk dunyosi shoirlari uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

date_range14.10.2021, 12:22
2021-yilning 13-oktabrida Turksoy tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar va turkiy xalqlar vakillaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.


Mehmonlar universitet binosi oldida  UrDU rahbariyati tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
"Turk dunyosi shoirlari uchrashuvi"  buyuk turk shoiri Yunus Emre vafotining 700 yilligi munosabati bilan tashkil qilindi.


Yunus Emre turk adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan shoir va so‘fiy sifatida juda qadrlanadi. Shuningdek, YUNESKOning 40-sessiyasida 2021-yilni Islom dunyosining bir qator arboblari - Hoji Bektosh Vali, Yunus Emre va Axi Evran yili deb atash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.



Mazkur uchrashuvda turkiy shoirlardan Arili Duydog, Khojageldi Kultegin, Tohir Kahhor, Akbar Goshali, Taleh Mansur, Kenan  Charbog'a, Aysha Paslanmaz Leyla Sherif Emin, Xorazm viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari hamda she'riyatga oshno bo'lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.


Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev tabrik soʻzi bilan ochib berib, ikki xalq orasidagi doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlovchi ushbu tashrifdan mamnun ekanligini izhor etdi.


Uchrashuv davomida delegatsiya tarkibidagi shoirlarning hamda universitet professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari va ijod namunalari tinglandi, mushoiralar o`tkazildi. Filologiya fakultetining ijodkor talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.  



Ketish oldidan mehmonlarga universitetning ramziy belgisi tushurilgan esdalik sovgʻalar taqdim etildi.

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati