image

TTA Urganch filialida “Targ‘ibot poyezdi” guruhi a’zolari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

date_range14.10.2021, 15:54
2021-yilning 14-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi”ning 10 nafar a’zodan iborat targ‘ibot guruhi ishtirokida filial talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda filial Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov targ‘ibot guruhi a’zolariga hamrohlik qildi va yoshlarni targ‘ibot guruhi maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi.


Targ‘ibot ishlari dastlab filial ma’naviyat va ma’rifat zalida, undan keyin Arborot-resurs markazida hamda konferensiyalar zalida yig‘ilgan talabalar bilan bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga saylov va uning huquqiy asoslari, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar borasida tushuntirishlar berilib, ularning saylovga oid huquqiy bilimlari yanada mustahkamlandi.

Targ‘ibot davomida guruh a’zolari filial binosi, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va besh tashabbus xonalari bilan tanishtirib o‘tildi.


Ochiq va erkin muloqot tarzida olib borilgan tadbir talabalarning savollari hamda takliflar bilan qizg‘in ruhda kechdi. Faol talabalarga filial ma’muriyati tomonidan esdalik sifatida kitoblar topshirildi.


Shuningdek, tadbirga yanada kayfiyat ulashish maqsadida guruh a’zolari tomonidan badiiy chiqishlar qismiga navbat berilib, kuy-qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘u asboblari ijrosi taqdim etildi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati