image

Xiva shahrida shahar hokimi va xalq o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

date_range15.10.2021, 17:11

Bugun Xiva shahar hokimi Temur Davletov shahar davlat xizmatlari agentligi binosida, Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.



Qabulda fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari birma bir tinglandi. Qabulda shahardagi barcha mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.


Har bir fuqaro muammosining yechimiga alohida e’tibor qaratildi.


Qabulda asosan fuqarolar tomonidan bildirilgan farzandlarining kontrakt to‘lovi, tadbirkorlik uchun yer, kredit, ishga joylashish, yo‘l, uy-joy, moddiy yordam, kadastr masalalari bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.


Bugun qabulda murojaatlar ijobiy hal etilib, muddat talab qilayotgani qat’iy nazoratga olindi, ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida murojaatlarning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga hokim tomonidan topshiriqlar berildi, murojaati ijobiy yechim topayotgan fuqarolar shahar hokimiga minnatdorlik bildirdilar. 

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati