image

Urganch shahrida “Harbiy vatanparvarlik festivali” o'tkazildi

date_range16.10.2021, 17:48

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifasi davlatimizda yoshlar siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun mamlakatimizning harbiy kuch-qudratini mustahkamlash, chegaralarimiz daxlsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Shu boisdan, bu borada shahrimizda koʼplab ishlar amalga oshirilmoqda. 



So'zimiz isboti, bugun Urganch shahridagi "Аmir Temur" istirohat bog'ida "Harbiy vatanparvarlik festivali" o'tkazildi. Unda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev soʼzga chiqdi.



"Аziz yoshlar! Biz shu yurtning mustaqilligi uchun kurashgan Jaloliddin Manguberdining, Najmiddin Kubrolarning avlodimiz. Bizning tomirimizda ularning qoni oqmoqda. Buyuk ajdodlarimizga munosib boʼlib, vatanimizning mustaqilligini ko'z qorachig'iday asrash, uning tinchligi uchun oʼz halovatimizdan kechish barchamizning farzandlik burchimizdir. Yurtni sevish va uning osoyishtaligi uchun mas'uliyat bilan yashash har birimiz uchun sharafdir!" - dedi Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev.


Bugungi festival bir g'oya atrofida barcha yoshlarni birlashtirdi. Festival doirasida sport musobaqalari, uchrashuvlar, ko'rgazmalar, turli tadbirlar tashkil etildi. 


Bugun shahrimizda o'tkazilgan “Harbiy vatanparvarlik festivali” yoshlarning yuragida kuchli shijoat va iftixor uyg'otdi. 
Chunki, vatanni asrab-avaylash, uning mustahkamligi va mustaqilligi uchun kurashish har bir er yigitning, u necha yoshida boʼlishidan qat'iy nazar, yigitlik burchidir.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.