image

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

date_range26.07.2022, 18:15
2022-yil 26-iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Oliy taʼlim muassasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor R.B. Abdullayev, Pediatriya fakulteti dekani Sh.A. Sapayeva, dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i M.I. Samandarov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Q. Xuayberganova, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda O‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari, mustaqil izlanuvchilar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida TTA Urganch filialida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlili hamda amalda qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida to‘xtalindi.
Bunda quyidagi mavzular yuzasidan 2021-2022 o‘quv yili davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi:
•  Olingan Patentlar;
•   Monografiyalar;
•   Ilmiy-amaliy grant loyihalari;
•  “Scopus” bazasidagi jurnallarda nashr qilingan maqolalar;
•   Dissertatsiya himoyalari;
•  Kafedralar ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlari;
•  O‘tkaziladigan anjumanlar;
•   Iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari.
Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati