image

Тошкент тиббиёт Академияси Урганч филиалида “Соҳага оид Президент Фармон ва Қарорлари амалда”, “Таълим жараёнидаги узвийлик” мавзуларида матбуот анжумани ўтказилди.

date_range21.12.2021, 16:57
2021-yil 20-dekabr kuni TTA Urganch filialida “Sohaga oid Prezident Farmon va Qarorlari amalda”, “Ta’lim jarayonidagi uzviylik” mavzularida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov, matbuot kotibi S.R. Sotimboyeva, tyutorlar, talaba-yoshlar hamda bloger Rajabov Elyor ishtirok etishdi. 
Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 412-sonli buyrug‘iga asosan TTA Urganch filialida joriy qilingan tyutorlik faoliyati va tyutorlarning talaba-yoshlar bilan ishlash jarayoni batafsil muhokama qilindi.
Unda tyutor B.I. Xudaybergenov tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi asosiy masalalar, xususan, tyutor funksiyalari, o‘qituvchi va tyutor orasidagi farqlar, tyutor faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro va milliy tajribalar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 
Talabalarning darsdan keyin band bo‘lishini ta’minlash, amaliyot mashg‘ulotlari, turli yo‘nalishlardagi ma’naviy-ma’rifiy tabdirlar, sport bilan shug‘ullanishlari, til o‘rganish va hunar o‘rganishga qaratilgan to‘g‘araklar bilan band bo‘lishlari o‘z navbatida filialda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimi uzviyligini ko‘rsatadi.
Mazkur uzviylik ta’minlanishining yaqqol misoli sifatida tyutor H.A. Isaqova o‘z tyutorlik faoliyatidan kelib chiqib, talabalarning dars mashg‘ulotlaridan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun tyutorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar mavzu borasidagi o‘z qiziqishlari yuzasidan savollar hamda takliflar bilan mas’ullarga murojaat qilishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati