image

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida qabul kvotalari va kantrakt to’lovidagi imtiyozlar yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

date_range29.06.2022, 16:39
Unda TTA Urganch filiali Qabul komissiyasi mas’ul kotibi B.S. Rahimov, Talabalarni o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha filial komissiyasi mas’ul kotibi Sh.A. Sapayeva, tyutorlar, talabalar, abituriyentlar va OAV vakillari hamda bloger E. Rajabov ishtirok etishdi. 
Anjuman davomida TTA Urganch filiali qabul kvotalari va to‘lov kontraktlari bo‘yicha xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar, qabul jarayoniga doir o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, bu yili TTA Urganch fililiga 615 nafar talaba qabul qilinishi (200 nafar davlat granti asosida, 415 nafar to‘lov shartnoma asosida) rejalashtirilganligi va ro‘yxatdan o‘tkazishda abituriyentlarga joriy yilda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berilganligi ta’kidlandi. 
Shuningdek, anjumanda 2022-2023-o‘quv yili uchun Xorazm viloyatidan 972 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganligi (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga) aytib o‘tildi.
Talabalarni o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi va bu borada anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati​