Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ochiq muloqot o’tkazildi.
date_range12.04.2022, 11:09
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishda ta’lim muassasasining roli va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S.Yusupov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarov va bo‘lim xodimlari, tyutorlar va blogerlar ishtirok etdi.
Ochiq muoqot davomida filialda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilinib kelinayotgani, talabalar teatr va QvZ, turli ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari, xalqaro va respublika olimpiadalariga jalb qilinib, ularning qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanilayotgani alohida ta’kidlandi. Erishilgan natijalar va endilikdagi maqsad va rejalar hamda tyutorlarning talabalar bilan ishlash faoliyati tahlil qilindi.
Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг














Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш