image

Endilikda telegram bot orqali iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz hisobni nazorat qilish mumkin.

date_range09.12.2021, 11:14
Hurmatli iste’molchilar "Hududgaztaminot" АJ tomonidan ishga tushirilgan @hgt_abonent_bot telegram bot orqali iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz hisobingizni nazorat qiling!
Endilikda "Hududgaztaminot" АJ isteʼmolchilari nafaqat gaz hisoblagich koʼrsatkichlarini mustaqil tarzda oʼzlari kiritishlari, balki tabiiy gaz isteʼmoli hajmi boʼyicha barcha zarur maʼlumotlarni olishlari, roʼyxatdan oʼtishlari va shaxsiy hisob raqamlarini doimiy tekshirishlari, shuningdek, gaz taʼminoti uchun toʼlovlarni ham amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun "Telegram" messenjeriga kirib, "qidiruv" qismiga @hgt_abonent_bot deb yozish kifoya. 
Mazkur botning barcha imkoniyatlari va undan foydalanish boʼyicha yoʼriqnoma bilan mana bu yerda yaqindan tanishish mumkin. 

Hurmatli iste'molchilar  tabiiy gaz uchun to‘lovlarni har oyning 10-sanasigacha amalga oshirishingiz lozimligini eslatib o’tamiz. To’lovlarni mobil ilovalar orqali ham amalga oshirishingiz mumkin. Bu esa kunning har qanday vaqtida qarzdorlikni qoplash va oldindan to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradi.  

"Hududgaz Xorazm" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati