image

TTA Urganch filialiga Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pirogov” anatomik interaktiv stoli olib kelindi

date_range23.10.2021, 16:10
Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pirogov II” modelidagi anatomik interaktiv stoli olib kelindi.
Hozirda “Pirogov stoli”ni maxsus хonaga joylashtirish va undan to‘g‘ri foydalanish tartibini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tez kunlarda “Pirogov stoli”ga moslashtirilgan 10 ta monitor xarid qilinishi hamda ushbu monitorlar orqali stolda amalga oshirilayotgan jarayonni boshqa kafedralarga uzatish ishlari bajarilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Pirogov stoli” TTA Urganch filialining 2020-2021 o‘quv yilidagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga tender orqali 886,8 mln so‘mga xarid qilindi.Yaqin kunlar ichida filialga yana bir qurilma “Densitometr” hamda laporoskopik amaliyotini jarrohlikdagi, ginekologiya va urologidagi amaliy ko‘nikmalarni mashq qilish asbobi “LapSim” olib kelinishi ham kutilmoqda.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati