Xorazmda suyultirilgan gaz ballonlari ID-kartalar orqali tarqatilmoqda
date_range03.11.2021, 16:28

Viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida ish olib borayotgan mutaxassis, chilangar va haydovchilar har doim texnika yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda ish olib borishadi.


Gaz to‘ldirish shoxobchasi xodimlari tomonidan maishiy gaz ballonlardagi bar kodli yorliqlar yordamida olingan gaz ballonlari maxsus bazaga yuklanadi. Chilangar o‘zi qabul qilib olgan to‘ldirilgan gaz ballonlarini har bir iste’molchiga bar kod va ID karta yordamida topshiradi. Shu tariqa suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi yo‘lga qo‘yilgan.



Yaratilgan qulayliklardan barcha iste’molchilar mamnun.
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш