image

Xivadagi ko'p qavatli uylarning yer to'la qismida suv toshishi yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

date_range20.10.2021, 14:17
Axborot xizmati
RASMIY MUNOSABAT: Telegram ijtimoiy tarmog’ida “Хивадаги кўп қаватли уйлар суний кўлга айлантириб балиқ боқилмоқда-ми?” nomli sarlavhasi bilan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni yozib ma'lum qilamiz.

Xiva shahar “Аngariq” mahallasi “Qori bobo” ko'chasi 1-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ko'p kvartirali uyning yer to'la qismiga suv toshishi natijasida turli xil ko'ngilsiz xodisalalarga olib kelishi to'gʼrisida telegram ijtimoiy tarmogʼiga video murojaat bilan chiqishgan. Xiva shahar Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi xodimlari tomonidan murojaat joyida oʼrganib chiqildi. 2019 yilda foydalanishga topshirilgan mazkur koʼp kvartirali uy bugungi kunda uy-joy mulkdorlari shirkati va boshqaruv tashkilotiga aʼzo qilinmagan. Mazkur koʼp kvartirali uyni boshqaruv tashkilotiga aʼzo qilish boʼyicha xonadon mulkdorlariga ogoxlantirish xatlari shahar boʼlimi tomonidan taqdim qilingan. Koʼtarilgan masala boʼyicha aytadigan boʼlsak, koʼp kvartirali uyda joylashgan bitta xonadonning ichkari qismida xonadon mulkdorining eʼtiborsizligi tufayli, ichimlik suv quvuridan koʼp kvartirali uyning yer toʼla qismiga suv oqib tushayotganligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish boʼyicha xonadon mulkdori ogohlantirildi va mazkur holatni bartaraf qilish yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan amaliy ishlar olib borilib, ushbu kamchiliklar bartaraf qilindi. Shuni alohida takidlab oʼtishimiz kerakki mazkur koʼp kvartirali uylardagi kamchiliklarni bartaraf qilish va saqlash uchun uy-joy mulkdorlari shirkati va boshqaruv tashkilotiga ushbu uyda yashovchi mulkdorlar tomonidan hech qanday toʼlov amalga oshirib kelinmayotganligini maʼlum qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrdagi “Koʼp kvartirali uylarni boshqarish toʼgʼrisida”gi 581-sonli qonunning 22-moddasida “Joylarning mulkdorlari koʼp kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatda umumiy yigʼilishda koʼp kvartirali uyni boshqarish usuli toʼgʼrisida qaror qabul qilishi shart. Bunday qaror qabul qilinguniga qadar mulkdorlar umumiy mol-mulkni saqlash bilan bogʼliq majburiyatlar yuzasidan solidar javob beradi” deb koʼrsatib oʼtilgan. Shuningdek qonunning 6-moddasida “Koʼp kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va toʼsiq konstruktsiyalar, kvartiralar oraligʼidagi ihotalangan (oʼrama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertoʼlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat koʼrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir” deb koʼrsatib oʼtilgan, shundan xulosa qilish mumkunki koʼp kvartirali uyning umumiy foydalanish joylariga shu uyda yashovchi barcha fuqarolar birdek masʼulligini unutmasligimiz lozim.

Xorazm viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi Axborot xizmati