Xorazmda maktablardagi bepul nonushta: raqamlar va savollar!
date_range04.04.2026, 13:00
So‘nggi vaqtlarda xususiy va davlat bog‘chalarida ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish tez-tez takrorlanmoqda. Shulardan eng yirik zaharlanish 2025-yil sentabr oylarida Toshkent viloyatida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Piskent, Bo‘ka, Bekobodo, Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida mingdan ortiq tarbiylanuvchilar ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan edi. Xo‘sh, maktablarda ahvol qanday?
2021-yilgi prezidentlik saylovlari arafasida O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilk bor maktab o‘quvchilariga bepul tushlik yetkazib berish taklifi ilgari surilgan edi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sing o‘quvchilari uchun bepul nonushta berish o‘sha vaqtda Xalq Demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova tomonidan ham taklif etilgan edi.
Oradan bir yil vaqt o‘tib, 2022-yil 25-avgust kuni hukumatning “Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 472-sonli qaror qabul qilindi, ya’ni Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinishi aytilgan edi.O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Xalq ta’limi vazirligining berishicha, 2022-yilning 7-fevralidan boshlab Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tajriba-sinov tariqasida keytring usulida bepul ovqat yetkazib berish boshlangan. Bu uchun mahalliy byudjetdan 2022-yil uchun 200 mlrd so‘m ajratilgan edi. O‘sha vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 726 ta umumta’lim maktablarida jami 139 819 nafar hamda Xorazmda 549 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 136 383 nafar boshlang‘ich ta’lim olgan.
2021-yilda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi saylovoldi tashviqoti chiqishlarida ushbu hududlardagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berdi. U Bo‘zatov tumanida saylovchilar bilan uchrashuvda Qoraqalpog‘istonda 1−4 sinf o‘quvchilarining bepul tushligi uchun yiliga 100 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilgan edi.
“Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy xarajatlarini hisoblab chiqdi. Qoraqalpog‘iston maktablarida 140,2 ming boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qiydi. Agar 100 mlrd so‘mni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining soniga bo‘lsak, unda har bir o‘quvchining ovqat narxi yiliga taxminan 713,2 ming so‘mni tashkil qiladi.
Agar ushbu ma’lumotlar 136,2 ming boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qiyotgan Xorazm viloyati kesimida ko‘rib chiqilsa, unda har yili davlat budjetidan qariyb 97,14 mlrd so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Bu miqdor har yili o‘quvchilar sonining ko‘payishi bilan ortadi.
2025-yilda holat qanday bo‘lgan?
Xorazm viloyatidagi maktablarda tahsil olayotgan boshlang’ich sin o’quvchilariga bepul ovaqat yetkazish uchun 2025-yil uchun 127 353 725,7 so‘m mablag‘ ajratilgan. Ammo o‘tgan yilgi elektron tender ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning sentyabr oyidan dekabr oyigacha 62 mlrd 134 million 108 ming 285 so‘mlik jami 49 ta tender o’tkazilgan, shundan jami 14 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan keytiring usulida bepul nonushta mahsulotlari bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Xorazm viloyati maktablarida 2025-yilning yanvar-may oylarida 140 896 nafar o‘quvchiga bepul nonushta mahsulotlari yetkazib berilgan. 2025-yilning sentabr-dekabr oylarida 146 251 nafar o‘quvchiga bepul nonushta mahsulotlari yetkazib berilgan.
Viloyatdagi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun bepul nonushta yetkazib berish uchun, jami 48 ta tender ishtirok etgan. Biroq oradan vaqt o’tib, o’tkazilgan tenderdan to’rttasining g‘olibligi bekor qilingan.
2025-yil 29-sentyabr kuni “HAZORASP UNIVERSAL SERVISE” MChJ 1 mlrd 186million 600 min so‘mlik tenderni yutib chiqqan. Biroq, savdolarning o’tkazishda qonunchilikda belgilangan tartibni buzish natijasida qabul qilingan shartnomalarni haqiqiy emas deb topadi va g‘oliblik bekor qilinadi.
Shuningdek, Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan 1-4-sing o’quvchilari uchun keytring usulida ovqat bilan ta’minlash uchun “DUNYO BOLALAR TAOMLARI MCHJ” eng yaxshi taklif deb qabul qilingan. Biroq keyinchalik auksiondan 1-3-4-lotlar chiqarib yuborilgan. Bunga sabab sifatida yutub olgan narxidan maxsulotlarni yetklazib bera olmasligi ko‘rsatilgan. Va bu to‘g‘risi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmaga ariza bilan murojaat qilgani uchun shartnoma bekor qilingan.

Xorazm viloyatidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sentyabr-dekabr oylari uchun keytring usulida maktablarga nonushta yetkazib berish uchun umumiy hisobda 46 ta tashkilot qatnashgan. Ulardan bir nechtasi bundan oldin ham tenderlarda g’olib deb topilgan bo’lsa boshqalari yaqinda tashkil topgan.
Misol uchun, “JAVOHIR NUR YUKSALISH” MCHJ – 5 marta, “MEHRINISO NONI” xususiy korxonasi -- 5 marta, “FX TOLIB AKMAL” – 2 marta, “YANGIARIQ ZAXIRA” MCHJ – 2 marta, “KUCHKOR FERMER XO‘JALIGI” – 3 marta, “SMART MEAT SHOP” MChJ – 4 marta, “ООО XONQA DIYOR” – 4 ta, “OZIQ-OVQAT TA’MINOTI KORXONASI” – 4 marta, “YANGIARIQ GO'SHT MCHJ” – 5 ta, “XORAZM-MEBEL-INVEST” MChJ 3-marta tenderlarda g’olib bo’lgan.
Keling, orginfo’da bu qanday kompaniyalar va ular kimniki ekanligini ko‘rib chiqaylik. Qiziq bo‘lishi mumkin.
JAVOHIR NUR YUKSALISH” MCHJ – bu MCHJ 2018-yil ro‘yxatdan o‘tgan. Ixtisoslаshgаn do'konlаrdа boshqа oziq-ovqаt mаhsulotlаri chаkаnа sаvdosi bilan shug‘ullanadi. Saytda ko‘rsatilgan raqam bilan zamon.uz jurnalisti bog‘langanida bu tashkilot autsorsing va keytring bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
“MEHRINISO NONI” MChJ – bu tashkilot 2013-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. Orginfo’ga ko‘ra, bu MChJ ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“YANGIARIQ ZAXIRA” MChJ – bu tashkilot 2009-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChJ ixtisoslаshgаn do'konlаrdа boshqа oziq-ovqаt mаhsulotlаri chаkаnа sаvdosi bilan shug‘ullanadi.
“KUCHKOR FERMER XO‘JALIGI” MChJ – bu tashkilot 1994-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChj yirik shoxli qorаmollаrning boshqа zotlаrini vа buyvollаrni ko'pаytirish bilan shug‘ullanadi.
“SMART MEAT SHOP” MChJ – tashkilot 2019-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ buyurtma bo’yicha ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“ООО XONQA DIYOR” MChJ – tashkilot 2014-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ Ovqаtlаnishni tаshkil qilishning boshqа turlаri bilan shug‘ullanadi.
“YANGIARIQ GO'SHT” MChJ – tashkilot 2011-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ buyurtmа bo'yichа ovqаt etkаzib berish bilan shug‘ullanadi.
“XORAZM-MEBEL-INVEST” MChJ – bu tashkilot 2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChj Buyurtmа bo'yichа ovqаt etkаzib berish bilan shug‘ullanadi.
Qziqarli holatlar
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Malika Axmedovaning ma’lum qilishicha, 2025-yilda 127 mlrd 725 ming so’m mablag’ ajratilgan. Internetda ma’lum hujjatlarga ko‘ra, birgina sentyabr-dekabr oyi uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun keytring uslubida bepul nonushta uchun 62 mlrd so‘mdan oshiq pul sarflangan. Ammo qolgan pul haqida ma’lumotlar topilmadi. Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi buxgalteri Ollanazrov Ramazonning zamon.uz’ga ma’lum qilishicha, yanvar oyidan may oyigacha (shu oy ham) viloyatdagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun bepul tushlik yetkazib berish uchun tashkilotlar tomonidan jami 70 mlrd 995 mln 911 so‘m sarflangan. Ammo oradagi tafovut qayerdan paydo bo‘lgani va bu mablag‘lar haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.
Biroq qolgan pullar qayoqqa ketgani va nega 8 oy uchun maktabdagi boshklang’ich sinf o‘quvchilari uchun berilgan bepul nonushta uchun tender hujjatlari internetta yo‘q. Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatlarning yo‘qligiga sabab, oldin ishtirok etgan tashkilotlar bilan shartnoma muddati qonuniy tazrda uzaytirilgan.
Umuman olganda, buyurtmachi shartnomani uzaytirish huquqiga ega. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda:
“Autsorser tomonidan shartnoma va investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganda, o‘z faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirilganda, davlat buyurtmachisi hamda autsorser bilan tuzilgan shartnoma xarid komissiyasi qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin” - deyiladi.
Ya’ni, agar shartnoma ijrosi davomida favqulodda holatlar qayd etilmagan bo‘lsa, buyurtmachi yangi tender o‘tkazmasdan turib, mavjud yetkazib beruvchi bilan hamkorlikni uzaytirishi mumkin.
Salbiy oqibatlar
Boshqa hududlardagi maktablarda va bog’chalarga yetkazib berilgan nonushtadagi kamchiliklar qatori Xorazm viloyatida ham qayd etilgan. 2026-yil 16-fevral oyida Urganch shahridagi maktablarining birida yetkazib berilgan nonushtadagi bulochka qattiq ekanligini aks etgan video va onaning murojaati Xorazmliklar kanalining Instagram sahifasiga kelib tushdi.
Ismini oshkor qilishni xohlamagan onaning so‘zlariga ko‘ra, viloyatdagi maktab ma’uriyati bunday ma’lumotlarni bloger yoki tarmoqlarga joylamaslikni so‘ragan. Biroq ona, uni boshqalarga taqdim qilganini, ammo maktab raqami aytilmaganini ta’kidlagan. Boshqa fuqarolarning aytishicha, bunday xolatlar viloyatlardagi maktablarda oldin bir necha bor kuzatilgan, biroq tarmoqlarga xabar berilmagan.
So‘rovnoma natijalari
Joriy yilning 4-yanvar kuni Xorazmliklar saytining Telegram va Instagram so‘rovnoma o‘tkazildi. Jarayonda jami 60 mingga yaqin insonlar ishtirok etgan. Ularning Xorazm viloyatidagi maktablarda berilayotgan bepul nonushta haqida fikrlari esa quyidagicha:
Telegramdagi so`rovnoma natijalari:
30 foizi tarqatilayotgan bepul nonushtadan rozi;
60 foiz insonlarni esa bepul nonushta qoniqtirmaydi;
10 foiz odamda ikkilanish holati kuzatilgan. Nojoya ta’sirlar kuzatilgan.
Instagramdagi so`rovnoma natijalari:

Bu so‘rovnomaning muhim jihati bu faqat aynan o‘sha viloyatda yashaydigan insonlar orasida o‘tkazilgani hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va bolalar huquqini himoya qilish bo’yicha mamlakatda ko‘zga ko‘rinarli darjada rivojlanmoqda. Shu qatorda davlat xaridlaridagi shaffoflikni yanada mukammallashtirish jamoatchilik tomonidan nazoratni kuchayishiga turtki berishi shubhasiz.
Ayniqsa, gap bolalarning sog’lom ovqatlanishi va ulg’ayishi haqida ketganda.
2021-yilgi prezidentlik saylovlari arafasida O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilk bor maktab o‘quvchilariga bepul tushlik yetkazib berish taklifi ilgari surilgan edi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sing o‘quvchilari uchun bepul nonushta berish o‘sha vaqtda Xalq Demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova tomonidan ham taklif etilgan edi.Oradan bir yil vaqt o‘tib, 2022-yil 25-avgust kuni hukumatning “Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 472-sonli qaror qabul qilindi, ya’ni Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinishi aytilgan edi.O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Xalq ta’limi vazirligining berishicha, 2022-yilning 7-fevralidan boshlab Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tajriba-sinov tariqasida keytring usulida bepul ovqat yetkazib berish boshlangan. Bu uchun mahalliy byudjetdan 2022-yil uchun 200 mlrd so‘m ajratilgan edi. O‘sha vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 726 ta umumta’lim maktablarida jami 139 819 nafar hamda Xorazmda 549 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 136 383 nafar boshlang‘ich ta’lim olgan.2021-yilda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi saylovoldi tashviqoti chiqishlarida ushbu hududlardagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berdi. U Bo‘zatov tumanida saylovchilar bilan uchrashuvda Qoraqalpog‘istonda 1−4 sinf o‘quvchilarining bepul tushligi uchun yiliga 100 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilgan edi.
“Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy xarajatlarini hisoblab chiqdi. Qoraqalpog‘iston maktablarida 140,2 ming boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qiydi. Agar 100 mlrd so‘mni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining soniga bo‘lsak, unda har bir o‘quvchining ovqat narxi yiliga taxminan 713,2 ming so‘mni tashkil qiladi.
Agar ushbu ma’lumotlar 136,2 ming boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qiyotgan Xorazm viloyati kesimida ko‘rib chiqilsa, unda har yili davlat budjetidan qariyb 97,14 mlrd so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Bu miqdor har yili o‘quvchilar sonining ko‘payishi bilan ortadi.2025-yilda holat qanday bo‘lgan?
Xorazm viloyatidagi maktablarda tahsil olayotgan boshlang’ich sin o’quvchilariga bepul ovaqat yetkazish uchun 2025-yil uchun 127 353 725,7 so‘m mablag‘ ajratilgan. Ammo o‘tgan yilgi elektron tender ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning sentyabr oyidan dekabr oyigacha 62 mlrd 134 million 108 ming 285 so‘mlik jami 49 ta tender o’tkazilgan, shundan jami 14 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan keytiring usulida bepul nonushta mahsulotlari bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Xorazm viloyati maktablarida 2025-yilning yanvar-may oylarida 140 896 nafar o‘quvchiga bepul nonushta mahsulotlari yetkazib berilgan. 2025-yilning sentabr-dekabr oylarida 146 251 nafar o‘quvchiga bepul nonushta mahsulotlari yetkazib berilgan.
Viloyatdagi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun bepul nonushta yetkazib berish uchun, jami 48 ta tender ishtirok etgan. Biroq oradan vaqt o’tib, o’tkazilgan tenderdan to’rttasining g‘olibligi bekor qilingan.
2025-yil 29-sentyabr kuni “HAZORASP UNIVERSAL SERVISE” MChJ 1 mlrd 186million 600 min so‘mlik tenderni yutib chiqqan. Biroq, savdolarning o’tkazishda qonunchilikda belgilangan tartibni buzish natijasida qabul qilingan shartnomalarni haqiqiy emas deb topadi va g‘oliblik bekor qilinadi.
Shuningdek, Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan 1-4-sing o’quvchilari uchun keytring usulida ovqat bilan ta’minlash uchun “DUNYO BOLALAR TAOMLARI MCHJ” eng yaxshi taklif deb qabul qilingan. Biroq keyinchalik auksiondan 1-3-4-lotlar chiqarib yuborilgan. Bunga sabab sifatida yutub olgan narxidan maxsulotlarni yetklazib bera olmasligi ko‘rsatilgan. Va bu to‘g‘risi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmaga ariza bilan murojaat qilgani uchun shartnoma bekor qilingan.

Xorazm viloyatidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sentyabr-dekabr oylari uchun keytring usulida maktablarga nonushta yetkazib berish uchun umumiy hisobda 46 ta tashkilot qatnashgan. Ulardan bir nechtasi bundan oldin ham tenderlarda g’olib deb topilgan bo’lsa boshqalari yaqinda tashkil topgan.
Misol uchun, “JAVOHIR NUR YUKSALISH” MCHJ – 5 marta, “MEHRINISO NONI” xususiy korxonasi -- 5 marta, “FX TOLIB AKMAL” – 2 marta, “YANGIARIQ ZAXIRA” MCHJ – 2 marta, “KUCHKOR FERMER XO‘JALIGI” – 3 marta, “SMART MEAT SHOP” MChJ – 4 marta, “ООО XONQA DIYOR” – 4 ta, “OZIQ-OVQAT TA’MINOTI KORXONASI” – 4 marta, “YANGIARIQ GO'SHT MCHJ” – 5 ta, “XORAZM-MEBEL-INVEST” MChJ 3-marta tenderlarda g’olib bo’lgan.
Keling, orginfo’da bu qanday kompaniyalar va ular kimniki ekanligini ko‘rib chiqaylik. Qiziq bo‘lishi mumkin.
JAVOHIR NUR YUKSALISH” MCHJ – bu MCHJ 2018-yil ro‘yxatdan o‘tgan. Ixtisoslаshgаn do'konlаrdа boshqа oziq-ovqаt mаhsulotlаri chаkаnа sаvdosi bilan shug‘ullanadi. Saytda ko‘rsatilgan raqam bilan zamon.uz jurnalisti bog‘langanida bu tashkilot autsorsing va keytring bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
“MEHRINISO NONI” MChJ – bu tashkilot 2013-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. Orginfo’ga ko‘ra, bu MChJ ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“YANGIARIQ ZAXIRA” MChJ – bu tashkilot 2009-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChJ ixtisoslаshgаn do'konlаrdа boshqа oziq-ovqаt mаhsulotlаri chаkаnа sаvdosi bilan shug‘ullanadi.
“KUCHKOR FERMER XO‘JALIGI” MChJ – bu tashkilot 1994-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChj yirik shoxli qorаmollаrning boshqа zotlаrini vа buyvollаrni ko'pаytirish bilan shug‘ullanadi.
“SMART MEAT SHOP” MChJ – tashkilot 2019-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ buyurtma bo’yicha ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“ООО XONQA DIYOR” MChJ – tashkilot 2014-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ Ovqаtlаnishni tаshkil qilishning boshqа turlаri bilan shug‘ullanadi.
“YANGIARIQ GO'SHT” MChJ – tashkilot 2011-yilda ro’yxatdan o‘tgan. MChJ buyurtmа bo'yichа ovqаt etkаzib berish bilan shug‘ullanadi.
“XORAZM-MEBEL-INVEST” MChJ – bu tashkilot 2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. MChj Buyurtmа bo'yichа ovqаt etkаzib berish bilan shug‘ullanadi.
Qziqarli holatlar
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Malika Axmedovaning ma’lum qilishicha, 2025-yilda 127 mlrd 725 ming so’m mablag’ ajratilgan. Internetda ma’lum hujjatlarga ko‘ra, birgina sentyabr-dekabr oyi uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun keytring uslubida bepul nonushta uchun 62 mlrd so‘mdan oshiq pul sarflangan. Ammo qolgan pul haqida ma’lumotlar topilmadi. Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi buxgalteri Ollanazrov Ramazonning zamon.uz’ga ma’lum qilishicha, yanvar oyidan may oyigacha (shu oy ham) viloyatdagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun bepul tushlik yetkazib berish uchun tashkilotlar tomonidan jami 70 mlrd 995 mln 911 so‘m sarflangan. Ammo oradagi tafovut qayerdan paydo bo‘lgani va bu mablag‘lar haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.
Biroq qolgan pullar qayoqqa ketgani va nega 8 oy uchun maktabdagi boshklang’ich sinf o‘quvchilari uchun berilgan bepul nonushta uchun tender hujjatlari internetta yo‘q. Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatlarning yo‘qligiga sabab, oldin ishtirok etgan tashkilotlar bilan shartnoma muddati qonuniy tazrda uzaytirilgan.
Umuman olganda, buyurtmachi shartnomani uzaytirish huquqiga ega. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda:
“Autsorser tomonidan shartnoma va investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganda, o‘z faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirilganda, davlat buyurtmachisi hamda autsorser bilan tuzilgan shartnoma xarid komissiyasi qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin” - deyiladi.
Ya’ni, agar shartnoma ijrosi davomida favqulodda holatlar qayd etilmagan bo‘lsa, buyurtmachi yangi tender o‘tkazmasdan turib, mavjud yetkazib beruvchi bilan hamkorlikni uzaytirishi mumkin.
Salbiy oqibatlar
Boshqa hududlardagi maktablarda va bog’chalarga yetkazib berilgan nonushtadagi kamchiliklar qatori Xorazm viloyatida ham qayd etilgan. 2026-yil 16-fevral oyida Urganch shahridagi maktablarining birida yetkazib berilgan nonushtadagi bulochka qattiq ekanligini aks etgan video va onaning murojaati Xorazmliklar kanalining Instagram sahifasiga kelib tushdi.
Ismini oshkor qilishni xohlamagan onaning so‘zlariga ko‘ra, viloyatdagi maktab ma’uriyati bunday ma’lumotlarni bloger yoki tarmoqlarga joylamaslikni so‘ragan. Biroq ona, uni boshqalarga taqdim qilganini, ammo maktab raqami aytilmaganini ta’kidlagan. Boshqa fuqarolarning aytishicha, bunday xolatlar viloyatlardagi maktablarda oldin bir necha bor kuzatilgan, biroq tarmoqlarga xabar berilmagan.
So‘rovnoma natijalari
Joriy yilning 4-yanvar kuni Xorazmliklar saytining Telegram va Instagram so‘rovnoma o‘tkazildi. Jarayonda jami 60 mingga yaqin insonlar ishtirok etgan. Ularning Xorazm viloyatidagi maktablarda berilayotgan bepul nonushta haqida fikrlari esa quyidagicha:
Telegramdagi so`rovnoma natijalari:
30 foizi tarqatilayotgan bepul nonushtadan rozi;60 foiz insonlarni esa bepul nonushta qoniqtirmaydi;
10 foiz odamda ikkilanish holati kuzatilgan. Nojoya ta’sirlar kuzatilgan.
Instagramdagi so`rovnoma natijalari:

Bu so‘rovnomaning muhim jihati bu faqat aynan o‘sha viloyatda yashaydigan insonlar orasida o‘tkazilgani hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va bolalar huquqini himoya qilish bo’yicha mamlakatda ko‘zga ko‘rinarli darjada rivojlanmoqda. Shu qatorda davlat xaridlaridagi shaffoflikni yanada mukammallashtirish jamoatchilik tomonidan nazoratni kuchayishiga turtki berishi shubhasiz.
Ayniqsa, gap bolalarning sog’lom ovqatlanishi va ulg’ayishi haqida ketganda.
*Ushbu maqola shahsiy o’rganishlarimiz natijasi hisoblanadi va mazkur holatlar bepul nonushta tizimi haqidagi umumiy tushunchani tasniflamaydi.
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг














Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш