Urganchdagi maktab internatining 731.6 mln so’mlik davlat haridi bekor qilindi.
date_range05.04.2023, 17:40
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida Urganch shahar Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati buyurtmachiligida issiq ovqat bilan taʼminlash bo‘yicha autsorsing xizmati uchun 2023-yil 29 mart kuni o‘tkazilgan 731,6 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, davlat xaridida ishtirok etgan 2 taMCHJning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekanligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, mavjud affillanganlikholatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan.
Shuningdek, xarid komissiyasi raisi, aʼzolari (ovoz berib baholash vakolatiga ega) va komissiya kotibi tomonidan o‘rtacha 2023-yil 29 mart kuni soat 17:37 dan 17:41 gacha, yaʼni o‘rtacha 5 minut vaqt ichida IP-manzili bir shaxsga tegishli bo‘lgan kompyuter orqali xarid natijalari baholanib, bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan tadbirkorlarning hujjatlari, maʼlumotlari qonunga zid ravishda buyurtmachi foydalangan kompyuter orqali elektron platformaga yuklanganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida Agentlik tomonidan 2023 yil 30 mart kuni buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi.
Urganch shahar Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati tomonidan 2023-yil 31-mart kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga ko‘ra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг















Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш