image

Xorazmda 2021- yilda eng ko‘p tug‘ilish avgust oyida qayd etildi

date_range18.10.2021, 16:25
Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 9 oyi davomida viloyatda  30 035 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan. 


📈 Hisobot davrida har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 21,1 promilleni tashkil etdi hamda 2020- yilning shu davriga nisbatan 0,6 promillega  oshganligi kuzatildi.  

✅Viloyatda eng ko‘p tug‘ilish avgust oyida qayd qilingan va 4 692 tani tashkil qilgan.