image

Xorazmda hisobotlаr rаqаmlаrdа chiroyli, аmаldа ishlаr sifаti qаndаy?

date_range20.10.2021, 14:43
Xorazm viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Xorazm viloyati QSXN inspeksiyasi bilan hamkorlikda Urganch shahrida 2021/2022 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 13 ta koʼp kvartirali uylarni mukammal va joriy taʼmirlash rejalashtirilgan boʼlib, ushbu ish turlarining amalda sifatli bajarilganligini joyida ko'rish va ushbu holatlar bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilishi natijasida “Urganch Megapolis” boshqaruv tashkilotiga qarashli Аl-Beruniy ko‘chasi  25-uyning framuga oynalaridagi kamchiliklar borligi aniqlandi va shu kunning oʼzida boshqaruv tashkiloti tomonidan mazkur kamchiliklar bartaraf qilinishiga erishildi.

Shuningdek, “Xorazm Sherzod Suxrob” uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli Navoiy koʼchasi 81-uyning framuga va otmostka qismlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha shirkat raisiga jiddiy ogoxlantirishlar berildi. Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida amalga oshirilishi belgilab olingan.

Xorazm viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi Axborot xizmati