image

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Hindistonlik talabalari "Divali" bayramini nishonlashdi.

date_range06.11.2021, 16:22
2021-yilning 4-noyabr kuni TTA Urganch filialida ta’lim olayotgan Hindistonlik talabalar Hindistonning eng qadimiy bayramlaridan biri bo‘lmish – chiroqlar festivali “Divali”ni nishonlashdi.
Talabalar dastlab Talabalar tura joyida hind an’analariga xos ibodat marosimini munosib ravishda o‘tkazib, kechqurun bayram dasturxoni atrofida xursandchilik qilishdi.
Bayram dasturi davomida talabalarga filial ma’muriyati tomonidan samimiy tabriklar bildirildi va ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida doimiy faollik qilib kelayotgan Pragya Shreye, Preyeti, Amol Sehravat, Amit Kumar va Amit Mahalalarga tashakkurnomalar taqdim qilindi.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati