image

“Qibla tozabogʻ” hududidagi noqonuniy qurilma buzildi

date_range22.05.2022, 22:10

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Bosh Prokuratura idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan respublika bo'yicha madaniy meros obyektlari muhofazasiga qaratilgan qonun hujjatlarining ijrosini o'rganish ishlari olib borilmoqda. 
Bosh prokuratura xabariga koʻra, Respublika boʻyicha 108 ta madaniy meros obyekti hududida 146 ta noqonuniy qurilma barpo etilgani aniqlangan.
Tadbirlar natijasi boʻyicha madaniy meros obyektlari hududida qurilgan 7 ta noqonuniy qurilma buzdirilgan.
Jumladan, Surxondaryoda “Zartepa” (I-V asrlar), “Karvontushdi” (I-VI), “Ismoiltepa” (I-VIII) va “Manguzartepa” (I-IV), Qashqadaryoda “Toʻrtkoʻltepa” (I-VI) arxeologiya obyekti, Xorazmda “Qibla tozabogʻ” (XIX) arxitektura yodgorligi hududidagi noqonuniy qurilmalar buzilgan.
Bundan tashqari, 44 ta madaniy meros obyektidagi 63 ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan. 26 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.