HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

“Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi 101 ta eksponatning soxtaligi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi "Ichan-Qalʼa" davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlandi. 
Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.
O‘rganish davomida noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazildi.  Unga ko‘ra, jami 101 Ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗