image

Shovot tumanida 2021 yilning 9 oyi davomida umumiy 84 ta jinoyat sodir etilgan.

date_range14.11.2021, 02:01
Shovot tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i Xusainov O’tkir Bozorboyevichning jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida 2021 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot to’g’risida 
     
         2021 yil 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
-barcha sohalar bo'yicha jinoyatlar – 3 taga (87-90), ya'ni 3,4% foizga oshgan,
-jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar – 1 taga (50-49), ya'ni -2% ga kamaygan,
-iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar – 2 taga (17-19), ya'ni 11,8% foizga oshgan,
-boshqa sohadagi jinoyatlar – 2 taga (20-22), ya'ni 10% foizga oshishiga yo'l qo'yildi.
-Og'ir tan jaroxati (104-m) yetkazish – 2 taga (1-3), ya'ni 200% foizga oshgan,
-Firibgarlik jinoyatlari (168-m) – 4 taga (13-17), ya'ni 30,8% oshgan.
-O'ta og'ir jinoyatlar -80% ga ya'ni 5 tadan 1 ga kamaygan bo'lsada, 
         -Og'ir turdagi jinoyatlar esa 18 tadan 23 taga ya'ni 27,8% foizga oshishiga yo'l qo'yilgan.
-Ishsizlar tomonidan sodir qilingan qilingan jinoyatlar - 4 taga (14-18), 28,6% ga oshgan,
-Ayollar tomonidan - 40 foizga (10-6), undagi shaxslar soni -50 foizga (10-5) ya'ni 5 taga kamaygan,
-Muqaddam sudlanganlar tomonidan – teng holatda (2-2),
-Mast holatda sodir qilingan jinoyatlar – teng holatda (1-1),
-Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar –100 foizga (1-0) kamaygan.
-Jinoyat qidiruv sohasi bo'yicha jinoyatlar 1 taga, ya'ni (50-49) -2 foizga kamaygan.
-Sodir qilingan o'g'irlik jinoyati o'tgan yilga nisbatan (13-16) ga oshgan, qoramol o'g'irligi 5 tadan 3 taga kamaygan, xonadon o'g'irligi 1 dan 2 taga oshgan.
          -O'z ixtiyori bilan qurol topshirish bo'yicha 1 ta holat aniqlangan. 
         2021 yilning 9 oyi mobaynida profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan 3531 ta (2020 yil 4267 ta) ma'muriy bayonnomalar tuzilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 736 ta ma'muriy huquqbuzarlik kam aniqlangan.
Profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi 16 ta modda bo'yicha huquqbuzarlarga nisbatan 2398 ta (2020 yil 1974 ta) ma'muriy bayonnomalar tuzilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 424 ta ma'muriy huquqbuzarlik ko'p aniqlangan. Profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlanishi lozim bo'lgan
-Temir yo'lning belgilanmagan joyidan o'tish (113 m) 107 taga (195-88) kam,
-Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish (187 m 1-q) 43 taga (257-300), ko'p ma'muriy huquqbuzarlik aniqlangan.
2021 yilning 9 oyi davomida profilaktika inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomalar o'rtacha 64 tadan to'g'ri kelgan.
O'tgan davr mobaynida har bir profilaktika inspektoriga vakolat doirasiga kiruvchi moddalar bo'yicha rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomalar o'rtacha 43,6 tadan to'g'ri kelgan.
         Profilaktika inspektorlarining vakolat doirasida tuzilgan bayonnomalar miqdori 203.196.831 so'mni tashkil qilib shundan, 91.692.139 so'm undirilib, qolgan 111.504.692 so'm undirilmasdan qolgan.
         Shuningdek, aniq yashash joyi va mashg'ulot turiga ega bo'lmagan shaxslarni reablitatsiya etish markaziga joylashtirish o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3-3) teng.
         Hozirgi kunda tuman IIBda 45 nafar muqaddam sudlangan shaxslar profilaktik hisobda turgan bo'lib, shulardan 38 nafarini ma'muriy nazorat qonuni ta'siri ostiga tushuvchi shaxslar tashkil qilib, hisobot davrida bu toifa shaxslardan 24 nafariga (2020 yil 27 nafar) ma'muriy nazorat o'rnatilgan.
Profilaktika inspektorlari tomonidan Ma'muriy nazorat to'g'risidagi qonunda belgilangan cheklanishlarni buzganligi uchun 6 nafar shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasi tartibida xujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko'rishlik uchun tuman Ma'muriy sudiga taqdim qilindi. Ma'muriy nazorat qoidasini buzish (O'z.R.JK 226-modda) bilan bog'liq holatlar 2021 yil davomida 1 ta holat aniqlangan. Muqaddam sudlangan o'ta xavfli retsedivstlar 9 nafarni tashkil qilib, shundan 4 nafariga ma'muriy nazorat o'rnatish choralari ko'rilgan.
         Profilaktik hisobda turgan 176 nafar spirtli ichimlikka ruju qo'ygan shaxslardan joriy yilning 9 oyi davomida 8 nafar shaxslar viloyat narkologiya dispanseri majburiy davolash bo'limiga yotqizildi.          
         2021 yilning 9 oyi davomida sodir qilingan 84 ta umumiy jinoyatlarni sektorlar kesimida tahlil etilganda:
1-sektorda 3 (6) ta
-“Paxtakor” mahallasida (PI O.Nurimov) 1 (0) ta,
-“Qiyot” mahallasida (PI Q.Axmedov)0 (3) ta,
-“Oydin” mahallasida (PI B.Mangliev) 0 (1) ta,
-“Idaliqal'a” mahallasida (PI M.Davletov) 1 (1) ta,
-“Istiqbol” mahallasida (PI A.Saparboev) 1 (0) ta,
-“Qo'shko'pir” mahallasida (PI X.To'raboev) 0 (1) ta,
2-sektorda 5 (2) ta
-“Qumyop” mahallasida (PI Z.Jumaniyazov) 1 (0) ta,
-“Asavey” mahallasida (PI E.Boltaboev) 1 (1) ta,
-“Oq oltin” mahallasida (PI J.Ro'ziboev) 1 (0) ta,
-“Yangiyo'l” mahallasida (PkI N.Ishchanov) 1 (0) ta,
-“Qirg'oq bo'yi” mahallasida (PI R.Yusupov) 1 (1) ta,
3-sektorda 4 (1) ta,
-“Archazor” mahallasida (PI X.Jumaboev) 1 (0) ta,
-“Royat” mahallasida (PI R.Samandarov) 1 (0) ta,
-“Guliston” mahallasida (PI M.Botirov) 1 (0) ta,
-“Do'stlik” mahallasida (PI M.Botirov) 0 (1) ta,
-“Bo'ston” mahallasida (PI M.Botirov) 1 (0) ta,
4-sektorda 14 (10) tani tashkil qildi.
-“Shovot” mahallasida (PI R.Bobojonov) 1 (2) ta,
-“Turkiston” mahallasida (PI M.Atajanov) 6 (0) ta,
-“Oltinqal'a” mahallasida (PI T.Muratov) 3 (1) ta,
-“Bo’yrachi” mahallasida (PI S.Masharipov) 1 (0) ta,
 -“Arbek” mahallasida (PkI F.Abdrimov) 0 (1) ta,
- “Maxtumquli” mahallasida (PI R.Ro'zimov) 1 (0) ta,
- “Oq qo'l” mahallasida (PI R.Atoxonov) 1 (0) ta,
- “Eshonqal'a” mahallasida (PI X.To'raboev) 0 (3) ta,
- “Ostona” mahallasida (PI A.Ro'zmetov) 1 (0) ta,
- “Yangi turmush” mahallasida (PI A.Raximov) 0 (1) ta,
- “Botirlar” mahallasida (PI G'.Normetov) 0 (1) ta,
- “Katqal'a” mahallasida (PkI F.Abdrimov) 0 (1) ta,
Shuningdek joriy yilning 9 oyi davomida ko'pchilik mahallalarda jinoyatlar salmog'i kamaygan bir paytda ayrim mahallalarda oldi olinishi mumkin bo'lgan jinoyatlar soni o'tgan yilgiga nisbatan oshgan.
- “Paxtakor” mahallasida (PI O.Nurimov) 0 dan 1 ga ,
- “Istiqlol” mahallasida (PI A.Saparboev) 0 dan 1 ga,
- “Qumyop” mahallasida (PI Z.Jumaniyazov) 0 dan 1 ga,
- “Oq oltin” mahallasida (PI J.Ro'ziboev) 0 dan 1 ga,
- “Oltinqal'a” mahallasida (PI T.Muratov) 1 dan 3 ga,
- “Yangiyo'l” mahallasida (PI N.Ishchanov) 0 dan 1 ga,
- “Archazor” mahallasida (PI X.Jumaboev) 0 dan 1 ga,
- “Royat” mahallasida (PI R.Samandarov) 0 dan 1 ga,
- “Guliston” mahallasida (PI M.Botirov) 0 dan 1 ga,
- “Turkiston” mahallasida (PI M.Atajonov) 0 dan 6 ga,
- “Bo'ston” mahallasida (PI M.Botirov) 0 dan 1 ga,
- “Bo'yrachi” mahallasida (PI S.Masharipov) 0 dan 1 ga,
- “Maxtumquli” mahallasida (PI R.Ro'zimov) 0 dan 1 ga,
- “Oq qo'l” mahallasida (PI R.Atoxonov) 0 dan 1 ga,
- “Ostona” mahallasida (PI A.Ro'zmetov) 0 dan 1 ga,
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1.Tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida 2021 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan IIB boshlig‘i O’.Xusainovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ichki ishlar organlari hamda mas’ul idora va muassasalar tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
3.Tuman hududida “Tinch, xavfsiz va obod hudud” tajribasini yaratish bo‘yicha fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida yordamga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan, jinoyat sodir etishga moyil va boshqa toifa shaxslarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilganligi inobatga olinsin.
4. Tuman sektori rahbarlari:
tuman hududida sodir etilayotgan har bir jinoyatlarni jinoyat sodir etilgan mahallalarda jamoatchilik vakillari, fuqarolar hamda jinoyat sodir etgan shaxslar bilan sektor rahbarlari, yoshlar ishlari agentligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, bandlik va tegishli idora tashkilotlari ishtirokida muhokama etib borish;
jinoyat sodir etgan shaxslarni oilaviy shart-sharoitlari, muammolari, jinoyat sodir etish sabablari chuqur tahlil qilinib, oldini olish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilsin.
5. Tuman hokimligi matbuot xizmati M.Iskandarovaga olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tayyorlab, ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Jumanazarov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Туман ҳокимиХ.А. Отахонов
Yopish