Xonqa tumanida 16 mingdan ziyod aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatildi.
date_range21.04.2022, 16:07
?Tuman bo‘yicha bugungi kunda 17400 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
“Xonqatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.
?Jumladan: 1-bosqichda tumani bo‘yicha 15 ming 951 ta xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi reja qilingan
✅Ayni damda soha mutasaddilari tomonidan ko‘zlangan reja oshig‘i bilan bajarilgan va 16 mingdan ziyod aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan.
?Navbatdagi bosqichda o‘rnatilishi zarur bo‘lgan 1400 ta elektron gaz hisoblagich uskunalari o‘rnatilishi reja qilingan.
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш