image

Shovot tumani Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatida Ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

date_range04.04.2022, 13:07

2022-yil 2-aprel kuni Shovot tumani Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatida “O‘quvchi yoshlarda liderlik va novatorliklikni shakllantirish” mavzusidagi  ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib  o‘tdi. 


Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad: 

O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va tahlil qilish muammolarni hal qilish jarayonida iste‘dodlarini namoyish qilgan holda ularda liderlik va novatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning bilim va malakalarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarni shakillantirish hisoblanadi.  

Konferensiyada Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan barcha maktab-internati direktorlari, 1 nafardan matematika, fizika va ingliz tili fani o‘qituvchilari va ana shu fanlardan sinflar kesimida bir nafardan – jami har bir maktabdan, 8-9-10- sinf o‘quvchilaridan 9 nafar o‘quvchi ishtirok qildilar.


Shuningdek, konferensiya ishida Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok etdi. 



Konferensiya davomida maktab-internati o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari, fanlar yo‘nalishida seksiyalarda mashg‘ulotlar, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.




Konferensiyaning yakuni bo‘yicha tadbir jarayonlarida faol ishtirok etgan jamoa a’zolariga turli nominatsiyalar bo‘yicha “Faxriy yorliq” va sertifikatlar berildi. 




“Zakovat” intellektual o‘yinida yuqori natijalarni qayd qilgan ta’lim muassasasi jamoalari ham viloyat xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig”i bilan taqdirlandilar.


Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati