Урганч шаҳар ҳокими О.Холбоев 2021-йил якуни ва 2022-йилда амалга оширилиши лозим бўлган ишлар юзасидан ҳисобот берди.
date_range21.12.2021, 17:30
Urganch shahar hokimining Urganch shahrining 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilgi rejalar bo‘yicha murojaati to'g'risida
Joriy yilda Urganch shahrida kambag‘allikni qisqartirish, yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida barcha sohalarda samarali ishlar olib borilmoqda.Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2021 yil yakuni bilan 2 trln 40 mlrd. so‘mni tashkil qilishi va 2020 yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga 13 mln 963 ming so‘mni tashkil qilishi yoki o‘tgan yilga nisbatan 708,0 ming so‘mga oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2021 yilda shaharda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish xajmi 980 mlrd so‘mni tashkil qilishi yoki 2020 yilga nisbatan 4,3 foizga, aholi jon boshiga 6 mln 708 ming so‘mdan to‘g‘ri kelishi va o‘tgan yilga nisbatan 201 ming so‘mga oshishi kutilmoqda.
Qurilish ishlari hajmi joriy yil yakuniga 956 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 42,2 foizni tashkil etadi, aholi jon boshiga 6 mln 544 ming so‘mni tashkil qilishi yoki o‘tgan yilga nisbatan 1 mln 881 ming so‘mlik qurilish ishlari bajarilishi kutilmoqda.
2021 yilda esa shaharda 1 trln 990 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritilib, o‘sish sur’ati ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 23 foizni, aholi jon boshiga 13 mln 617 ming so‘mni tashkil qilishi, o‘tgan yilga nisbatan 2 mln 397 ming so‘mga oshishi kutilmoqda. Chakana savdo aylanmasi hajmi 2021 yilda 3 trln 615 mlrd. so‘mlik bajarilishi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 13,0 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Aholi jon boshiga 24 mln 743 ming so‘mni tashkil qilishi, o‘tgan yilga nisbatan 2 mln 597 ming so‘mga oshishi kutilmoqda. Xizmat ko‘rsatish hajmlari 2 trln 893 mlrd. so‘mlik bajarilishi, aholi jon boshiga 19 mln 801 ming so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.
Shaharda 2022 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 105,8 foizga, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 103 foizga, qurilish pudrat ishlari hajmi 101 foizga, kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish 115 foizga, chakana savdo tovar aylanmasini 128 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmini 120,6 foizga o‘sishi rejalashtirilmoqda. 2021 yil 15 dekabr holatiga jami 28 mln. 646 ming AQSh dollarlik shundan 26 mln 321 ming AQSh dollar sanoat, 2 mln 326 ming AQSh dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
2022 yilda shaharda 32,7 mln dollarlik eksport amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Amalga oshiriladigan eksportning 31.7 mln. dollari yoki 97 foizi sanoat mahsulotlari, 1 mln. dollari yoki 3 foizi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga to‘g‘ri keladi.
Shaharda 2021 yil yanvar-dekabr oylarida 13.2 mln. AQSh dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 110 foizni tashkil qildi.
Shaharda 2021 yil davomida Agrobank, Mikrokreditbank va Xalq banki filiallar tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 48,6 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil 14 dekabr holatiga shahar aholisining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida jami 2836 ta sub’ektlarga 66 mlrd.so‘m miqdorida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 2985 ta ish o‘rinlar yaratilgan. Jumladan:
- “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 1269 ta sub’ektga 42,3 mlrd.so‘m miqdorida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 1377 ta ish o‘rni;
- Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 1317 ta sub’ektga 10,5 mlrd.so‘m miqdorida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 1317 ta ish o‘rni;
- Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 8 ta sub’ektga 410 mln.so‘m miqdorida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 16 ta ish o‘rni;
- Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 195 ta sub’ektga 12,1 mlrd.so‘m miqdorida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 233 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
- 21 mlrd. 155 mln.so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari 1589 nafar ijtimoiy qo‘llab quvvatlash daftarlariga kiritilgan oilalarga ajratilgan. Jumladan, “Temir daftar”dagi 5 ta oilaga 93 mln so‘m, “Yoshlar daftari”dagi 220 ta yoshlarga 10 mlrd 403 mln so‘m, “Ayollar daftari”dagi 1364 nafar ayollarga 10 mlrd 659 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021 yil 14 dekabr holatiga jami yoshlarni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 863 ta yoshlarga 36,2 mlrd.so‘m ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 963 ta ish o‘rinlar yaratilgan hamda xotin-qizlarni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2067 ta ayollarga 32,6 mlrd.so‘m ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga 2102 ta ish o‘rinlar yaratilgan.
Shaharda yangidan tashkil qilingan kichik biznes sub’ektlari 731 ta tani tashkil qilgan. 2021 yil 1 dekabr holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlarining soni 4822 tani, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari 4552 tani tashkil qiladi. Ularning jami ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlaridagi ulushi 94,4 foizni tashkil etmoqda. Kichik biznes sub’ektlarining 818 tasi sanoat, 488 tasi qurilish, 1659 tasi xizmat ko‘rsatish, 1513 tasi savdo, 74 tasi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritmoqda. Urganch shahri bo‘yicha 2021 yilning hozirgi davriga kadar 100 ta 3,64 gektar bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan, shundan 5 ta 0,915 gektar yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasiga chiqarilgan, 5 ta holatda 0,915 gektar yer uchastkalari 945 mln. 65 ming 497 so‘mga sotilgan.
Mahalliy byudjet daromadlar rejasi 2021 yil uchun 56 mlrd 549 mln so‘m qilib belgilangan. 2021 yil 15 dekabr holatiga haqiqatda 65 mlrd. 264 mln so‘m byudjetga tushirilishi natijasida reja 115 foizga bajarilib, 8 mlrd. 715 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirilgan. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 67 mlrd 867mln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Qo‘shimcha mablag‘ 11 mlrd. 318 mln so‘mga yetkaziladi.
Kichik sanoat zonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2018 yil 6 fevraldagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlik subektlariga davlat mulki obektlarini sotish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3513-sonli qaroriga asosan Urganch shahri, Sanoatchilar ko‘chasida tashkil qilingan “Avtoxizmat” KSZ va “Urganchtransgaz” KSZlarda umumiy qiymati 26.8 mlrd so‘m bo‘lgan 20 ta loyixa mavjud bo‘lib, ushbu loyixalardan bugungi kunda umumiy qiymati 24.6 mlrd.so‘mlik 17 ta investitsiya loyixalar amalga oshirilib, 129 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Qolgan 3 ta loyixarni ishga tushirish bo‘yicha tashabbuskor hamda tegishli tashkilotlar bilan ishlar tashkil qilangan bo‘lib, loyixalarni ishga tushirish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Yoshlar kichik sanoat zonasi bo‘yicha shahar hokimining 2021 yil 15 yanvardagi 55k-sonli qarori bilan “Ashxabod” mahallasi hududidan “Yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil qilish uchun 3,2 gektar yer maydoni ajratilgan. “Yoshlar kichik sanoat zonasi” uchun bosh reja ishlab chiqilib, 36 ta lotga ajratildi va bugungi kunda 14 ta lotlarni elektron savdoga chiqarish uchun tegishli tashkilotlardan xulosalar olinmoqda.
“Temir daftar”ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalar 2165 tani, oila a’zolar soni 8476 ta, shundan mehnatga layoqatli ishsizlar 1951 tani tashkil qiladi. Xalq deputatlari shahar kengashi qarori asosida ehtiyojmand oilalar ro‘yxatidan chiqarilgan ehtiyojmand oilalar soni 1959 tani (yoki 90,0 foizni) tashkil qilgan. Bugungi kunda mazkur daftarda 206 ta oila qolgan. 1905 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan, 5 nafariga chorvachilik, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida jami 93 mln.so‘mlik kreditlar ajratilgan.
Shuningdek, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 672 ta oilalarga 534,6 mln.so‘mlik yordamlar ko‘rsatilgan. Jumladan, Navro‘z bayrami arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 19-20 mart kunlari 207 ta oiladagi 764 nafar oila a’zolariga 76,4 mln.so‘mlik, Qurbon xayiti munosabati bilan 162 ta oiladagi 615 nafar oila a’zolarining xar biriga 250 ming so‘mdan jami 153,7 mln.so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5204-son qarori asosida “Temir daftar”da 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari mavjud 303 ta oilaning 609 nafar bolalariga 304,5 mln.so‘mlik moddiy yordam pullari berilgan.
Bugungi kunda shahar aholisining 26 ming 600 nafarini (yoki 18,1 foizini) 18-30 yoshdagi yoshlar tashkil qiladi, shundan 16 ming 78 nafari bilan so‘rovnoma o‘tkazilgan hamda ushbu yoshlardan 6 ming 145 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
O‘tgan davr mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami yoshlarning
5 837 nafari (94,8 foiz) daftardan chiqarildi. Jumladan,
- ishsiz yoshlarning 1 851 nafari doimiy ishlarga joylashtirilgan,
- 1 100 nafar yoshlarga imtiyozli kredit ajratilgan,
- 5 nafar yoshlarga yer maydoni ajratilgan,
- 118 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratilgan,
- 484 nafari “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha xunarmandlarga biriktirish,
- 198 nafari tashqi migratsiyasini tashkil etish,
- 77 nafari xaydovchilikka o‘qitish orqali,
- 342 nafarini iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish orqali;
- 13 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi harajatlarini qoplab berish orqali;
- 24 nafarini to‘lov-kantrakt summasini to‘lab berish orqali;
- 1 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlashi orqali ;
- 584 nafari boshqa yo‘nalishlar doirasida daftardan chiqarilgan.
Shuningdek, 1108 nafar yoshlar tadbirkorlik va biznesga o‘qitilib, 1101 nafariga sertifikat berilgan va sertifikat olganlarning 367 nafariga 12,881 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
“Yoshlar: 1+1” dasturi orqali 1108 nafar yoshlar salohiyatli tadbirkorlar hamda hunarmandlarga biriktirilgan. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 2408 nafar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd. 501 mln. so‘m mablag‘ sarflangan.
Jumladan,
- 1274 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam uchun 272,9 mln. so‘m;
- 109 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi uchun 143 mln.so‘m;
- 118 nafar yoshlarga mehnat qurollari xarid qilish uchun 376,0 mln. so‘m;
- 24 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summalarini uchun 88,3 mln. so‘m;
- 13 nafar yoshlarga SChR badali xarajatlari uchun 68,1 mln.so‘m;
- 342 nafar yoshlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash uchun 161,2 mln. so‘m;
- 523 nafar yoshlarning besh muhim tashabbuslarini moliyalashtirish uchun 48,1 mln, so‘m;
- 66 nafar yoshlarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 284,4 mln. so‘m boshqa turdagi yordamlar uchun ajratilgan.
Hozirgi kunda “Yoshlar daftari”da jami 330 nafar yoshlar qolmoqda.
Joriy yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-sonli qarorida ko‘rsatib o‘tilgan 9 toifadagi 6 ming 753 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”gi kiritilgan. “Ayollar daftari”ga kiriltilgan 2 ming 716 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ishsiz xotin-qizlardan joriy yilning 28 may kuniga qadar, 2716 nafarining bandligi ta’minlangan. Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan 829 nafar ayollardan 829 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 222 nafar boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand ayollarga sektorlar kesimida 213.4 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan. Ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 297 nafar ayollardan 296 nafariga pul mablag‘lari berilib, yordamlar ko‘rsatilgan. Shundan birinchi gurux nogironligi bo‘lgan 39 nafar ayollarga sektorlar 50.2 mln so‘mlik pul mablag‘lari berildi.
Shuningdek, ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan 258 nafar ayollarga 225.8 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan. Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan 38 nafar ayollarning uy-joylari joriy ta’mirlangan, jami 209.0 mln so‘mlik pul mablag‘lari sarflangan. Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz 44 nafar ayollarga 24.1 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan. Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand 302 nafar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 7 nafar ayollarga davolanib, sog‘ligini tiklashlari uchun 294.0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan.
“Ayollar daftari”ga kirgan ijtimoiy himoyaga muhtoj (boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand, I-II gurux nogironligi bo‘lgan, qaromog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz) ayollarga joriy yilning aprel oyida 204 nafariga, may oyida 186 nafariga 490 (to‘rt yuz to‘qson ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordamlar berilgan. Joriy yilning 30 iyun kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 28 aprelda qabul qilingan 250-sonli “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni joylardagi ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan “Ayollar daftari”ni 1-bosqichini yakunlash va 2-bosqichini shakllantirish ishlari to‘liq yakunlangan. 11-12 iyul kunlari “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini hamda ularning muammolarini hal etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi xalq deputatlari shahar Kengashida tasdiqlangan.
So‘rovnoma to‘ldirilgan xotin-qizlardan 9 toifadagi 1 ming 995 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”gi kiritilgan. Joriy yilning 30 sentyabr kuniga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan, 87 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan 81 nafar ayollar kasb-hunarga o‘qitilgan. Tadbirkorlik qilish uchun kredit olish istagida bo‘lgan 137 nafar ayollarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha kredit olishlarida amaliy yordam berilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand ayollardan 117 nafariga 29.250 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan.
Ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo‘lgan ayollardan 160 nafariga pul mablag‘lari berilib, yordamlar ko‘rsatilgan. Shundan birinchi gurux nogironligi bo‘lgan 32 nafar ayollarga 8 mln so‘mlik pul mablag‘lari, ikkinchi gurux nogironligi bo‘lgan 128 nafar ayollarga 32 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan. Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz 51 nafar ayollarga 12,75 mln so‘mlik pul mablag‘lari berilgan. Joriy yilning bugungi kuniga qadar jami 328 nafar ayollarga 82 mln so‘m miqdorida moddiy yordam pullari berilgan. Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand 810 nafar ayollarning barchasi bugungi kungacha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Huquqiy yordam olishga muhtoj 201 nafar ayollarga viloyat, shahar sudlari va shahar adliya bo‘limi, prokuratura xodimlari tomonidan huquqiy maslahatlar berilgan. Psixologik maslahatga muhtoj 327 nafar ayollarga “Ayollar maslahat kengashi”ga jalb qilingan malakali psixologlar tomonidan psixologik yordamlar berilgan.
Joriy yilning sentyabr oyida “Ayollar daftar”ga kiritilgan 48 nafar xotin-qizlar Toshkent shahriga sayoxatga yuborilgan.
Urganch shahrida yanvar-noyabr oylarida jami 2333 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilish belgilangan bo‘lib, haqiqatda 2342 taga yoki 100.4% (foiz)ga bajarilgan. Hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 11 oyda 137 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 574 ta (264.9%) ish o‘rinlari yaratilgan.
- kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga 11 oyda 826 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 887 ta (107.4%) ish o‘rinlari yaratilgan;
- yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etish hisobiga 805 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 866 ta ish o‘rinlari yaratilgan, ya’ni 107.6 foizga bajarilgan.
Urganch shahrida 2021 yil yanvar-noyabr oylarida 10 ta mexnat yarmarkasi o‘tkazilib, mexnat yarmarkasida shahardagi 1747 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 12374 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok qildilar. Yarmarkaga jalb qilingan 875 nafar fuqarolardan 449 nafarini yoshlar, 154 nafarini kollej bitiruvchilari, 520 nafarini ayollar tashkil qildi. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida jami 70 nafar fuqarolar doimiy va 9 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilgan hamda 94 nafari kasbga qayta o‘qitilgan.
Urganch shaxar aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida, barcha manbaalar hisobidan 2021 yil uchun ajratilgan limit 16 202 mln so‘mlik mablag‘lar evaziga 15 km ichimlik suv tarmoqlari hamda 2 ta suv taqsimlash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Urganch shaxar “Islomobod” va “Ziyokorlar” MFYlardagi ichimlik suv tarqatish inshooti va 12 km uzunlikda ichimlik suv tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish va viloyat Perenatal markazi orqasida joylashgan oqava suv haydash nasos stansiyasini xamda mahalliy byudjet mablag‘lari xisobidan 1 ta oqava suv xaydash inshooti, 6 km tarmoq yotqizish ishlari amalga oshirilgan. Belgilangan chora tadbirlarni bajarilishi bo‘yicha joriy yilning 11 oktyabr holatiga ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha 1.1 km tarmoq rejalashtirilib, amalda 1.1 km qilib, 100 % ga bajarilgan.
Ichimlik suv tarmoqlarini joriy ta’mirlash bo‘yicha joriy yilga 2.4 km tarmoq rejalashtirilib, bu ishlar amalda 2,4 km qilib, 100 % ga bajarilgan. 2022 yilda jami 18.7 km jumladan, “Yuqori bog‘” mahallasiga 0.6 km, “Binokor” mahallasiga 1 km, “Yangi hayot” mahallasiga 4.3 km, “Mash’al” mahallasiga 1.5 km, “Temir yo‘lchi” mahallasiga 5.6 km, 1 dona (STI) suv taqsimlash inshootini qurish, "Olma bog‘" mahallasiga 1 km, “Beshmergan” mahallasiga 2.3 km, "Obi-hayot" mahallasiga 1.7 km, “Jambul” mahallasiga 0.7 km uzunlikda ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida shaharda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 99,6 foizga yetkaziladi.
Shaxarda 2021 yilda aholi va ulgurji istemolchilarini kuz-qish mavsumini betalofot o‘tishini ta’minlash maqsadida 42,0 km 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmog‘i, 27 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan. 2021 yilda 75,6 km uzunlikdagi 0,4-10 kv elektr uzatish tarmoqlari va 75 ta transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan. Bajarilgan yangi qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlar natijasida 38 ta mahallalardagi 25,3 ming aholi iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yanada yaxshilangan. Shuningdek, 430 ta xususiy va oilaviy tadbirkorlarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi qondirilgan.
Shaharda 2022 yilda jami 8 ta, jumladan, "Shodlik" mahallasida 2 ta, "Navro‘z" mahallasida 1 dona, "Islomobod" mahallasida 1 dona, "Binokor" mahallasida 1 dona, "Kamolot" mahallasida 1 dona, "Yangi obod" mahallasida 2 dona transfarmotor punktlarini yangidan o‘rnatish, 22.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 4,6 km, "Navro‘z" mahallasida 6.8 km, "Islomobod" mahallasida 2,6 km, "Binokor" mahallasida 1.5 km, "Kamolot" mahallasida 4.5 km, “Yangi obod”mahallasida 2.1 km uzunlikdagi havo liniyalarini yangidan qurish, shuningdek 4 ta, jumladan, “Shodlik” mahallasida 1 ta, "Binokor" mahallasida 1 dona, "Kamolot" mahallasida 2 dona transfarmotorni rekonstruksiya qilish hamda 13.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 6,2 km, "Navro‘z" mahallasida 2.2 km, "Binokor" mahallasida 0.7 km, "Kamolot" mahallasida 3.0 uzunlikdagi havo liniyalarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
2022 yilda aholi va ulgurji istemolchilarini kuz-qish mavsumini betalofat o‘tishini ta’minlash maqsadida 62,0 km 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmog‘i, 28 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Urganch shaxrida tabiiy gaz tarmoqlarini 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 2 dona gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlangan. Bugungi kungacha jami 40636 ta aholi xonadonlaridan 37543 tasiga yangi zamonaviy ASKUG gaz hisoblagich o‘rnatilgan. Urganch shahrida 2022 yilda 900 m gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, 1093 dona gaz taqsimlash punktlarini taftish (reviziya) qilish, 16,5 km gaz quvurlarini hova bosimi ostida mustahkamlik va zichlikka sinash, 8,6 km yer osti gaz quvurlarini pribor yordamida tekshirish hamda 11,5 km gaz quvurlarini bo‘yoqlash rejalashtirilgan.
Xorazm viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga qarashli Urganch yo‘llardan muntazam foydalanish UK korxonasi davlat ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi jami 28 km yo‘llarga xizmat ko‘rsatadi. Shaharda 2021 yil yanvar-noyabr oylarida jami 5 km davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llar asfalt bilan ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Respublika byudjeti bo‘yicha 5,4 km uzunlikda 3539 tn asfaltobeton bilan ta’mirlangan. “Islomobod” maxallasida jami 6,683 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 3,353 km qismiga ShPS va 3,330 km 2900 tn asfaltobeton yotqizish ishlari bajarilgan va 1ta ko‘chada ishlar davom qildirilmoqda. “Ziyokorlar” mahallasida jami 9,967 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 6,375 km qismiga shag‘al-tosh va 3,592 km 1410 tn asfaltobeton yotqizish ishlari bajarilgan. Jami “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 16,65 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 9,728 km qismiga ShPS, shag‘al-tosh va 6,922 km qismiga 4260 tn asfaltobeton yotqizish ishlari bajarilgan.
Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan shahardagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha 6 ta maxallada 4,94 km uzunlikda 2700,0 mln so‘mlik shag‘al-tosh va asfaltobeton koplama bilan ta’mirlash ishlari bajarilib, to‘liq moliyalashtirilgan. Urganch shaxar “Obodonlashtirish boshqarmasi” davlat va maxalliy axamiyatga ega umumiy foydalanishdagi jami 293,3 km yo‘llarga xizmat ko‘rsatadi. Shundan,
- davlat ahamiyatdagi yo‘llar - 34,1 km
- mahalliy axamiyatdagi yo‘llar - 259,2 km
Shaharda 2021 yil yanvar-noyabr oylarida jami 15,6 km, jumladan 1,7 km davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llar, 13,9 km mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llar, 15,6 km (10,1 km asfalt, 4,5 qum shag‘al aralashmasi) uzunlikdagi ichki yo‘llar ta’mirlanib, holati yaxshilandi hamda 1 ta ko‘prikda, ya’ni (A.Baxodirxon ko‘chasidagi Shovot kanali ko‘prigida) to‘la ta’mirlash ishlari bajarilgan. “Ziyokorlar” mahallasida jami 4,45 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 2,9 km qismiga ShPS va 1497 metr qismi bajarilgan.
“Islomobod” maxallasida jami 7,13 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 4,3 km qismiga ShPS va 2821 metr qismi bajarilgan. Jami “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 11,5 km uzunlikda yo‘l ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 7,2 km qismiga ShPS va 4,3 km qismi bajarilgan.
Urganch shahri bo‘yicha 1 ta shifoxona, 1 ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 3 ta oilaviy poliklinika muassasalari tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida 266 nafar oliy ma’lumotli shifokor va 619 nafar o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shaharda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan davolash profilaktika muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2021 yil smeta xarajatlariga jami 2 954 921,0 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 14391,0 ming so‘m dori-darmonga, 200 451,0 ming so‘m tibbiy buyumga, 164866,0 ming so‘m reaktiv va reagentlarga, 42044,0 ming so‘m dezinfeksiyalovchi vositalarga, 285 000,0 ming so‘m mablag‘ imtiyozli dori-darmon uchun ajratilgan.
Shaharda maktabgacha ta’lim sohasida 2021 yil 1 yanvar holatiga qamrov 89,0 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 97,6 foizni tashkil qilgan yoki 8,6 foizga o‘sgan. 2021 yil davomida 1 ta 2020 yil 4 maydagi Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining № 8-32 sonli qarori asosida, jami 3 217 195 mln. so‘m mablag‘ hisobiga Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi, bu bilan qo‘shimcha 150 o‘rindan iborat bo‘lib, jami 944 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida “Star kids”, “Maftuna gulg‘unchalari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishi xisobiga esa 300 nafar bolani qamrab olib, 12 nafar xodimlar ish bilan ta’minlangan va 13 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z ish faoliyatini boshlab, 325 nafar bola qamrab olingan, 26 nafar xodimlar ish bilan ta’minlangan. Bugungi kunda shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 98 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan: 33 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 7 ta davlat-xususiy sherikchilik maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 54 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 4 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Jami 10715 nafar (97,6%) bolalar maktabgacha ta’limga tashkilotlariga qamrab olingan.
Shaharda 2022 yilda:
- “Obod mahalla” davlat dasturi asosida "Shodlik" mahallasidagi 21-son maktabgacha ta’lim tashkilotini mukammal ta’mirlash;
-yangidan 1 ta 75 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 11 ta 275 o‘rinli oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilot ishga tushirish rejalashtirilgan.
Buning natijasida shaharda 3 yoshdan – 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qamrov darajasi 100 foizga yetkaziladi.
Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama kilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 103-moddasi hamda ”Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan
Q A R O R Q I L A D I:
1. Urganch shahar hokimi O.Xolboyevning Urganch shahrining 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilgi rejalar bo‘yicha murojaati ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shahar sektorlari rahbarlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari va tegishli shahar tashkilotlari bilan birgalikda:
- murojaatda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha keng qamrovli tashkilotchilik ishlarini olib borish;
- shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
- aholini kambag‘allikdan chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash;
- kambag‘al va ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarini ishga joylashtirish orqali ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish topshirilsin;
3. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlariga o‘zlari saylangan okruglar hududida murojaatda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining ta’minlanishini deputatlik nazoratiga olish topshirilsin.
4. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari (B.Xudayberganov)ga shahar hokimining shaharda 2021 yilda qilingan ishlar va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar bo‘yicha shahar Kengashi deputatlari va shahar faollariga murojaatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish vazifasi topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (J.Eshchanov) hamda xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
Joriy yilda Urganch shahrida kambag‘allikni qisqartirish, yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida barcha sohalarda samarali ishlar olib borilmoqda.Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2021 yil yakuni bilan 2 trln 40 mlrd. so‘mni tashkil qilishi va 2020 yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga 13 mln 963 ming so‘mni tashkil qilishi yoki o‘tgan yilga nisbatan 708,0 ming so‘mga oshishi kutilmoqda.Shuningdek, 2021 yilda shaharda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish xajmi 980 mlrd so‘mni tashkil qilishi yoki 2020 yilga nisbatan 4,3 foizga, aholi jon boshiga 6 mln 708 ming so‘mdan to‘g‘ri kelishi va o‘tgan yilga nisbatan 201 ming so‘mga oshishi kutilmoqda.

| Sessiya raisi | O.Xolboyev |
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг

Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш