image

Vazir o‘rinbosari tomonidan Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

date_range10.12.2021, 23:55
Bugungi kunda aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqib, qonuniy qarorlar qabul qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ayniqsa ichki ishlar organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida taʼkidlab o‘tish maqsadga muvofiq.Buni IIV rahbariyati tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan sayyor qabullar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor A.I.Ikramov tomonidan Xorazm viloyati aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida 10 dekabr kuni Urganch shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati bilan masalalar yuzasidan bo‘ldi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganib chiqilib, qonuniy qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh yurtdoshlarimizga fuqarolik pasport (ID-karta) lari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusi hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.O‘z navbatida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolar ham yaratilgan bu kabi qulaylik uchun Vazirlik rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati