image

Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovi o'tkazildi.

date_range26.11.2021, 14:56
Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi, IT-Park, TATU Urganch filiali va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tanlov ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport va turizm, davlat xizmatlarini rivojlantirish, qurilish, arxitektura va transport, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda tashkil etildi.Tanlovda ishtirok etgan yoshlar tomonidan ushbu yo‘nalishlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimot qilindi. Yoshlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandilar