image

Xorazm viloyatida 2021-yil 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga jami 459 947 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan

date_range20.11.2021, 17:29


DXA Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi N.Jumanyozov:
“Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi koʻrsatkichlar oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi.”



Xususan: 2021-yil 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga jami 459 947 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, 2020-yilning 9 oyi mobaynida bu ko'rsatkich 389 272 tani tashkil qilgan, yani oʻtgan yilning shu davriga nisbatan fuqarolarga 70 675 taga koʻp davlat xizmatlari ko'rsatilgan.


⚡️Joriy yilning 9 oyi davomida Xorazm viloyatida jami  20 899 ta fuqarolar davlat xizmatlaridan elektron tartibda foydalangan, 2020-yilning  9 oyi davomida  raqamlar 15 089 tani  tashkil qilgan, agar ushbu koʻrsatkichlarni  2019-yilning shu davriga nisbatan taqqoslasak, raqamlar 1 834 tani tashkil kilgani eʼtiborga moliq. Yaʼni, koʻrsatkichlar deyarli 10 barobarga oshganligini koʻrish mumkun.

DXA Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi N.Jumanyozov: "Erishilgan natijalar,  elektron davlat xizmatlardan foydalanuvchilar qamrovini kengaytirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari, joylarda oʻtkazilayotgan oʻquv- mashgʻulotlari va volonterlar klublarini tashkil etilishi kabi sa'y-harakatlar oʻz samarasini berayotganligidan dalolat beradi."


Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi matbuot xizmati