Xorazmlik yoshlar uchun "Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovi bo'lib o'tadi.
date_range16.11.2021, 15:52
? 20 - noyabr kuni Xorazm viloyati yoshlari uchun IT-Park va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan "Istiqbolli IT-loyihalar" tanlovi bo'lib o'tadi.
Eng dolzarb bo'lgan quyidagi yo'nalishlarda ishlab chiqilgan IT-texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha ishtirokchilarning g'oya va loyihalari saralab olinadi:
? Ilm-fan, ta'lim va sog'liqni saqlash; ? Madaniyat va san'at; ? Sport va turizm; ? Davlat xizmatlarini rivojlantirish; ? Qurilish, arxitektura va transport; ? Qishloq xo'jaligi; ? Axborot texnologiyalari;
‼️ 19-noyabr sanasiga qadar ro'yxatdan o'tish kerak boladi!
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш