image

Urganch shahrida 16 oktabr kuni bo'lib o'tgan konsert dasturiga qaror 17 oktabr kuni imzolandi-mi? Mantiq qani?

date_range17.10.2021, 18:15

Avesto bog‘ majmuasida o‘tkaziladigan tadbir davomida avtomobillar xarakatini yo‘l xarakatini vaqtincha cheklash to‘g‘risida.



Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 27 sentyabrdagi “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Saida Rametova, Sayyora Nazirova, Аziz Rametov va boshqa taniqli sanʼatkorlarning Xorazm viloyati boʼylab ijodiy uchrashuvlarini tashkil etish boʼyicha” 15-4610-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan Urganch shaxridagi “Аvesto” bogʼ majmuasida tadbirlar oʼtkazilishi davomida shu atrofdagi yoʼllarda transport vositalarini qatnovini vaqtinchalik xarakatlanishini cheklash, hamda transport vositalari uchun vaqtinchalik toʼxtab turish joylarini tashkil qilish toʼgʼrisida.

Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 27 sentyabrdagi “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Saida Rametova, Sayyora Nazirova, Аziz Rametov va boshqa taniqli sanʼatkorlarning Xorazm viloyati boʼylab ijodiy uchrashuvlarini tashkil etish boʼyicha” 15-4610-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan tadbirlari oʼtkazilishi davomida shu atrofdagi yoʼllarda transport vositalarini qatnovini vaqtinchalik xarakatlanishini cheklash, hamda transport vositalari uchun vaqtinchalik toʼxtab turish joylarini tashkil qilish maqsadida:

1. Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 27 sentabrdagi 15-4610-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 27 sentabrdagi 15-4610-sonli xatiga asosan oʼtkaziladigan tadbiri “Аvesto” bogʼ majmuasida 2021 yil 16 oktabrь, soat 16:00 da oʼtazilishi belgilansin.
Joriy yil 16 oktyabrь kuni soat 16-00 dan 22-00 gacha vaqtincha cheklash boʼyicha I.Karimov va Sheroziy koʼchalari kesishgan chorraxasidan Sheroziy koʼchasi boʼylab Аl-Xorazmiy shoh koʼchasi va Gʼ.Gʼulom-Sheroziy koʼchalari kesishgan chorraxasigacha, Аl-Xorazmiy, Sheroziy, Gʼofur Gʼulom koʼchalari kesishgan chorraxadan Аl-Xorazmiy–Xonqa koʼchalari kesishgan chorrahasigacha, Namangan–Аl-Xorazmiy kesishmasi xamda Sheroziy-Istiqlol koʼchalari kesishmasida boʼlgan masofada transport vositalari xarakati vaqtincha cheklashni belgilangan tartibda va amaldagi qonunlar doirasida mutasaddilar bilan hal qilsin.

3. Urganch shahar IIB (I.Tajimuratov)ga 2021 yil 16 oktabr kuni soat 16-00 dan 22-00 gacha vaqtincha cheklash boʼyicha I.Karimov va Sheroziy koʼchalari kesishgan chorraxasidan Sheroziy koʼchasi boʼylab Аl-Xorazmiy shoh koʼchasi va Gʼ.Gʼulom-Sheroziy koʼchalari kesishgan chorraxasigacha, Аl-XorazmiySheroziy, Gʼofur Gʼulom koʼchalari kesishgan chorraxadan Аl-Xorazmiy–Xonqa koʼchalari kesishgan chorrahasigacha, Namangan–Аl-Xorazmiy kesishmasi xamda Sheroziy-Istiqlol koʼchalari kesishmasida transport vositalari xarakati vaqtincha cheklansin.

4. Shahar “Obodonlashtirish boshqarmasi” (U.Oʼktamov)
 -joriy yilning 16 oktabr kuni soat 15-00 gacha shu xududlarni tartibga keltirsin, obodonlashtirsin va mavzuga oid bezatishga amaliy yordam koʼrsatsin.

5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Urganch shahar hokimining birinchi oʼrinbosari J.Eshchanov, shahar hokimining oʼrinbosarlari N.MatyakubovN.Babajanov zimmalariga yuklatilsin.


P.S.: Mazkur konsert tadbir kecha 16 oktabr kuni o'tkazilgan biroq qaror nimagadir bugun 17 oktabr kuni imzolandi va bugun e'lon qilindi. Bilishimizcha mazkur qaror konsert tadbiridan oldin imzolanishi va ommaga ma'lum qilinishi kerak edi biroq negadir qaror kech imzolangan va e'lon qilingan.