1-avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
date_range26.07.2025, 02:58

Mebel texnologiyalari uchun xalqaro sertifikatning 50 foizini davlat to‘laydi

Shuningdek, 2025 – 2028-yillarda quyidagi maqsadlarga erishish belgilandi:
- mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
- eksport hajmini $100 mlnga yetkazish;
- 50 ming fuqaro bandligini ta’minlash.
Oylik va stipendiya 10 foizga oshadi

Boshqa o‘zgarishlar ham mavjud:
- Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 2025-yilning 1-iyulidan boshlab 471 ming so‘mni tashkil etadi.
- Ish haqi uchun belgilangan eng kam miqdor 2025-yil 1-avgustdan e’tiboran 1,27 mln so‘m,
- Bazaviy hisoblash miqdori esa — 412 ming so‘m sifatida belgilanadi.
Elektr to‘lovi chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikka bog‘lanadi

Har oyning 3-sanasiga qadar «Toza makon» tizimidan qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar «Hududiy elektr tarmoqlari» tizimiga avtomatik uzatiladi. 5-sanasigacha esa abonentlarga 2100 qisqa raqamidan SMS-ogohlantirish yuboriladi.
Ogohlantirish yuborilganidan soʻng qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat beriladi. Agar qarzdorlik bu muddat ichida toʻlanmasa, abonentlar elektr energiyasi uchun toʻlov qila olmaydi. Mazkur cheklov qarzdorlik toʻliq qoplangach avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Mo‘g‘ulistondan chorva olib kiruvchi tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash imkoniyati taqdim etiladi. Bu muddat davomida foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.
Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo’yicha tanlovning yangi tartibi qo‘llaniladi

Qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, respublika, hududiy hamda tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlarning boshqaruv va yordamchi guruh lavozimlari bo‘yicha tanlovlar faqat Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari esa maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali, Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli yordamida o‘tkaziladi.
Hokimlik xodimlarining ish haqi oshiriladi

Shuningdek, xodimlarga ish samarasiga qarab ustama va bonuslar belgilanadi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik ychun jarimalar 10 foizga oshadi

- Xavfsizlik kamarini taqmaslik: 206 ming soʻm;
- Texnik koʻrik yoʻqligi yoki dori qutichasi boʻlmasligi: 206 ming soʻm;
- Hujjatlarsiz avtomobil boshqarish: 412 ming soʻm;
- Sugʻurtasiz avtomobil boshqarish: 412 ming soʻm;
- Qizil chiroqqa oʻtish: 824 ming soʻm;
- Notoʻgʻri joyda toʻxtash yoki parkovka: 824 ming soʻm;
- Haydash vaqtida telefon ishlatish: 1 mln 236 ming soʻm;
- Davlat raqamlari yoʻqligi: 2 mln 060 ming soʻm;
- Tezlikni 20 km/soatgacha oshirish: 412 ming soʻm;
- Tezlikni 20–40 km/soatga oshirish: 2 mln 060 ming soʻm;
- Tezlikni 40–60 km/soatga oshirish: 3 mln 708 ming soʻm;
- Tezlikni 60 km/soatdan koʻproqqa oshirish: 6 mln 180 ming soʻm;
- Qarama-qarshi yoʻldan yurish (vstrechka): 4 mln 120 ming soʻm;
- Mast holda avtomobil boshqarish: 10 mln 300 ming soʻm va haydovchilik guvohnomasidan 3 yilgacha mahrum qilish;
- Ruxsatsiz oynalarni qoraytirish (tonirovka): 10 mln 300 ming soʻm.
Oʻquvchilarni maktabdan-maktabga koʻchirish qayta boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, 31-iyulgacha bu xizmat vaqtincha to‘xtatilgan edi. Sababi — shu oraliqda elektron platforma orqali (erp.maktab.uz) maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va o‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
1-avgustdan boshlab esa ota-onalar o‘z farzandlarini yana boshqa maktablarga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur xizmat avvalgidek elektron shaklda, davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi.
Ayrim oilalarga xususiy bog‘chalar uchun to‘lovning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi

Mazkur tartib «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida»gi nizomga kiritilgan yangi huquqiy o‘zgarishlar asosida amalga oshiriladi.
Yoshlar uchun foizsiz kreditlar ajratiladi

Bunda kredit shartlari quyidagicha:
- Ariza beruvchi kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak (sertifikat muddati 2 yildan oshmagan bo‘lishi lozim).
- Yiliga qabul qilinadigan o‘quvchilarning 20 foizi «Yoshlar daftari» ro‘yxatidagi yoshlardan iborat bo‘lishi shart.
- Kredit 3 yilgacha muddatga beriladi, shundan 6 oyi imtiyozli davr hisoblanadi.
- Qarzni yakka tartibdagi tadbirkorlar va yoshlar tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar olish huquqiga ega.
Portlovchi va zaharli moddalar bilan ishlay qoidalari kuchaytirildi

Endilikda bu turdagi faoliyatni litsenziyalash uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan majburiy kelishuv talab etiladi. Bundan tashqari, faoliyat yurituvchi korxonalar Ekologiya, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa tegishli tashkilotlarning ekologik, sanitariya va transport talablari asosida ishlashi shart bo‘ladi.
Shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarni faqat maxsus transport vositalarida tashish mumkin bo‘ladi. Sanitariya-himoya zonasi me’yorlariga rioya qilish majburiy bo‘lib, ishlatilgan yoki yaroqsiz holga kelgan moddalar xavfsiz tarzda utilizatsiya qilinishi kerak.
Yer qa’ridan noqonuniy foydalanish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Buning uchun huquqbuzarlik videoteknika orqali qayd etilib, «Geomonitoring» tizimi orqali tegishli inspeksiyaga yuborilishi kerak. Video yoki fotomateriallarda huquqbuzarlikning o‘zi, voqea joyi, vaqti hamda agar bo‘lsa, ishtirokchi shaxslar ko‘rsatilishi lozim.
Ma’lumotlar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Xabar tasdiqlansa, fuqaroga huquqbuzardan undirib olingan mablag‘ hisobidan BHMning 1 baravari yoki jarimaning 5 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
Davlat xizmatchilari endi ish vaqtida jismoniy faollikka jalb etiladi

Bu tartib sog‘liqni mustahkamlash, ish samaradorligini oshirish va turmush tarzini faolroq qilishni maqsad qilgan. Tashkilot hududida sport maydonchalari tashkil etiladi, tana vazni indeksi muntazam o‘lchanadi va natijalar hrm.argos.uz platformasiga kiritib boriladi.
Shuningdek, vakillik organlari bilan hamkorlikda sport targ‘ibotchilari jalb etiladi va har bir xodim bo‘yicha jismoniy holat tahlil qilinadi.
Хатолик ёки ишламаётган хавола топлидими?
Сайтда хатоликларга дуч келсангиз Ctrl + Enter
тугмаларини босган ҳолда бизга хабар жўнатишинингиз мумкин.
shareБошқаларни хам хабардор қилинг















Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш