image

Xorazmda Ahloq tuzatish ishlariga jalb qilingan nazorat ostidagi shaxslarning ish haqlaridan jami 1 mlrd. 471 mln. 743 ming 414 soʻm miqdorida ushlanmalar davlat foydasiga oʻtkazilgan.

date_range29.11.2023, 00:02
Xorazm viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi J.Sadullayevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29- noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 27-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan 2023-yil 3-chorak yakuni boʻyicha hisoboti xususida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi 27-sonli Farmoniga asosan jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmi va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligi yoʻlga qoʻyilishi belgilangan. Ushbu Farmonga asosan viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati tashkil etilib, uning tarkibiga, patrul-post xizmati, profilaktika xizmati, yoʻl patrul xizmati, probatsiya xizmati kiritilib, yagona boshqaruv joriy qilinishi belgilangan. Jamoat tartibining ommaviy buzish bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi jamoat xavfsizligi xizmati zimmasiga yuklatiladi hamda uning qoshida viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli idora tashkilot rahbarlaridan iborat yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etilgan. Shuningdek, viloyatning 13 ta shahar (tuman)larida hududiy ishchi guruhlar toʻliq tashkil etildi. Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi yoʻnalishi boʻyicha: Urganch shahrida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish samaradorligini yanada oshirish maqsadida 8 ta patrul-post xizmati nazorat maskanlari oʻrnatilgan. Tuman (shahar)lar ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy boʻlinmalari viloyat IIB JXX JTSBning bevosita boʻysunuviga oʻtkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat oʻtash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etildi. Konvoy boʻlinmasi tarkibi jami 30 nafar xodimdan iborat boʻlib, 13 ta maxsus avtozak bilan taʼminlangan. Hazorasp, Tuproqqalʼa hamda Bogʻot tumanlarida 30 nafar xodimdan iborat boʻlinma, yaʼni 2 ta ofitserlik, 2 ta serjantlik va 26 ta safdorlik lavozimlari jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida lavozimlari toʻliq jamlanib, mazkur xodimlar belgilangan tartibda xizmat olib bormoqda. Xorazm viloyati IIB JXX JTSB PPX saf boʻlinmasi naryadlari xizmati xodimlarining ish samaradorligini oshirish maqsadida Urganch va Xiva shaharlari hamda Hazorasp va Tuproqqalʼa tumanlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida uch bosqichli xizmatga oʻtilgan.

2023-yilning 9 oyi davomida, hududiy tuman IIBlari HPB profilaktika hamda YPX inspektorlar bilan hamkorlikda 9 656 tani maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 883 nafar mast holatda boʻlgan shaxslarni narkologiya dispanseriga, 71 nafar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlanib, reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan. Bundan tashqari, xodimlar tomonidan 20 ta jinoyat fosh etilgan hamda 18 nafar qidiruvda boʻlgan shaxslar aniqlanib, tergov organlariga topshirilgan. Huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938- sonli Farmoni bilan har bir mahallaning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqib, kamida 1 nafardan profilaktika inspektori xizmat olib borishi belgilanganligini inobatga olib, Davlat byudjeti hisobidan 150 nafar profilaktika inspektorlari shtatlari berilgan. Viloyatdagi mavjud 205 ta tayanch punktlariga yana qoʻshimcha ravishda 326 ta tayanch punktlari tashkil qilinib, hozirgi kunda ularning soni 531 taga yetkazilgan. Profilaktika inspektorlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida quyidagilar:

profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarning 53 004 ta ariza va shikoyatlari koʻrib chiqilib, qonuniy qarorlar qabul qilingan;
profilaktika inspektorlari ishtirokida 954 ta jinoyat fosh etilgan;
24 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlangan;
47 028 ta turli xil maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar koʻrilgan;
510 nafar ilgari sudlanganlarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilib, ular bilan tegishli profilaktik ishlar olib borilgan;
213 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlar va 4 nafar giyohvandlar majburiy davolash dispanserlariga joylashtirilgan;
66 nafar tajovuzkor boʻlgan ruhiy kasallar ruhiy-asab kasalliklari dispanserlariga yotqizilgan;
37 nafar shaxslar reabilitatsiya markazlariga, 695 nafari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirilgan;
8 304 nafar shaxslar profilaktik hisobga olinib, profilaktik ishlar olib borilgan;
322 nafar oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar, 1 853 nafar farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-onalar va 590 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobga olinib, ular bilan profilaktik ishlar olib borilgan;
1280 ta oilalarni ajrashib ketishining oldi olingan;
1033 nafar ayollarga himoya orderlari berilgan.

Viloyatimizda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida: 2023-yilning 9 oyida 531 ta mahallalarning 319 tasi yoki 60,1 foizida jinoyatlar sodir etilmagan. 139 ta yoki 25,8 foiz mahallalarda jinoyatlarning barqaror boʻlishiga va kamayishiga erishilgan. Viloyat IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi quyi tizimlari tomonidan transport vositalari bilan bogʻliq hodisa va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida jamoat xavfsizligi xizmati, qolaversa, yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan chora tadbirlar yoʻl transport hodisalarida tan jarohati olganlar soni 7,3 foizga yoki 12 taga (164-152) kamaygan. Avtomobil yoʻllarining infratuzilmasini rivojlantirish, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash borasida tegishli tashkilotlarga jami 433 ta (yoʻl idoralariga 305 ta, mahalliy hokimliklarga 127 ta, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta) taqdimnomalar kiritilgan. Bolalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish ishlarini yanada kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bolalarda mavjud qonun va qoidalarga nisbatan hurmat hissini shakllantirish yuzasidan “Yoʻl harakati qoidalari” oʻrgatish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida, viloyatning shahar va tumanlarida mavjud 555 ta umumtaʼlim maktablarining 78 tasiga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sinfxonalari, 60 ta mahallalarda yoʻl harakati qoidalari oʻrgatish maydonchalari, 40 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maydonchalari tashkil qilindi, 97 ta maktab oldilariga sunʼiy notekisliklar, 12 ta maktab oldilariga chaqiruv tugmachali piyodalar svetofori qurilmalari oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX tomonidan 2023-yilning 8-iyun kuni Xorazm viloyati IIB JXX YHXBga 2 ta narxi 399 mln. 729 ming 282 soʻmlik BMW F850 GS rusumli mototsikl ajratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrda “Jinoyat-ijroya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 7-dekabrda “Probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 316-sonli buyrugʻi asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasida 2019-yil 1-yanvardan probatsiya boʻlimi tashkil etilgan. Joriy yilning 9 oyida 2757 nafar shaxslar probatsiya nazorati ostida boʻlib, shundan, 2082 nafar shaxslar hisobdan chiqarilgan. Ahloq tuzatish ishlariga jalb qilingan nazorat ostidagi shaxslarning ish haqlaridan jami 1 mlrd. 471 mln. 743 ming 414 soʻm miqdorida ushlanmalar davlat foydasiga oʻtkazilgan.

Viloyatda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
2 757 shaxs nazoratga olingan va toifalarga ajratilgan (2460 nafari erkak va 297 nafari ayollar);
2 082 nafar shaxslar hisobdan chiqarilgan; 838 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan;
139 nafari jazodan boʻyin tovlaganligi uchun jazosi boshqa jazoga almashtirilgan;

davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
106 marotaba “Ishga marhamat” tadbirlari tashkil etilgan; muayyan kasbga ega boʻlmagan 31 nafar shaxslardan 21 nafari kasb-hunarga oʻqitilgan; 128 marotaba ochiq muloqotlar, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilgan; 357 marotaba huquqiy masalalar boʻyicha yordamlar koʻrsatilgan; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmatini nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 19-iyulda “Probatsiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi 25/-1-2978-sonli xatining ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, vazirlik jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xizmatda foydalanish uchun 1 ta “Damas”, 1 ta “BYD Chazor” rusumli elektromobil transport vositalari hamda nazorat ostidagi shaxslarni psixologik portretlarini yaratish maqsadida toʻliq jihozlangan 14 ta “Canon” rusumli fotosuratga olish moslamalari berilgan.