image

Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga tegajog‘lik qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi

date_range28.05.2023, 10:26


image




Xorazm viloyati Xonqa tumanida dars paytida 3-sinf o‘quvchi qizlariga nisbatan behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 may kuni Xonqa tumanidagi maktablardan birida rus tilidan dars beruvchi 1962 yilda tug‘ilgan erkak dars paytida 3-sinf o‘quvchilariga nisbatan behayo harakatlar qilib, ularning turli tana a’zolaridan ushlab, silagan. 

Qizlar ota-onasiga bu haqda aytganidan so‘ng, huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. O‘qituvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan ish ochilgan. 2023 yilning 25 may kuni sudya Hamroqulov ayblanuvchiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. 

“Sukut saqlama”ga ko‘ra, o‘qituvchining aybi noto‘g‘ri malakalangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi kerak. Chunki, sudlanuvchi qizlarga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganini tan olmagan va aksincha, ular yaxshi o‘qigani uchun yelkalariga qoqib qo‘yganini ta’kidlagan.

“Lekin to‘plangan ma’lumotlar qizlarning gapini tasdiqladi. Ya’ni tergov va sud pedagog kichik yoshdagi qizlarning intim a’zolarini ushlaganini bildi va buni og‘irlashtiruvchi holat deb topmadimi? Bunday jinoyatlar Jinoayat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi "b", "v" va "j" bandlari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Buning uchun jazo esa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqlagan holda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishi kerak. MJtK 41-1-moddasi bo‘yicha maksimal jazo 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini nazarda tutadi va u bolalar bilan ishlashda davom etishi mumkin”, deyiladi xabarda.