HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

Xorazmda to‘rtinchi farzandiga homilador retsidivist ayol yana jinoyatga qo‘l urdi

Xorazm viloyati. 2023 yil 23 mart kuni soat 12:00 larda nomaʼlum shaxs Hazorasp universal savdo kompleksida joylashgan 30 yoshli M.F.ningsavdo do‘koniga kirib, do‘konda boshqa xaridorlar ham savdo qilayotganidan foydalanib, do‘kon egasini chalg‘itib, kassa ichida bo‘lgan jami 2.5 mln. so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Hazorasp tumanida yashovchi muqaddam joriy yilning 15 mart kuni JIB Hazorasp tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan aybli deb topilgan va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 37 yoshli J.Z. (ayol) tomonidan sodir etganligi aniqlanib, undan 2.5 mln. so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Hazorasp tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan J.Z.ganisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, J.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, va u homiladorligini inobatga olgan holda, unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida “munosib hulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tanlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun JIB Hazorasp tuman sudiga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗