HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga bo'lim boshliqlari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Nurmatov Kamoladdin Zaripovich tayinlandi. Kamoladdin Nurmatov bugungi kunga qadar Qo‘shko‘pir tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xiva shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Rahimova Zamira Allaberganovna tayinlandi. Zamira Allaberganovna bugungi kunga qadar Xiva shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Yangiariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Boltayev Davronbek Jumanazarovich tayinlandi. Davronbek Boltayev bugungi kunga qadar  Yangiariq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Marimov Murod Kamilovich tayinlandi. Murod Marimov bugungi kunga qadar  Urganch shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Axmedov Sherzod Ozodovich boshliq etib tayinlandi. Sherzod Axmedov bugungi kunga qadar  Hazorasp tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich boshliq etib tayinlandi. Sabirov Faxriddin Sultanmuratovich bugungi kunga qadar  Xonqa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

Zaripov Qaxramon Erkinovich
— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktab ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ishchanov Ozod Atajanovich — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Abdullayev Sarvar Xudayarovich— maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Yakubova Iroda Botirovna — maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining maktabgacha ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Bektemirov Xamro Solayevich Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Xamro Bektemirov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗