
Joriy yilning 3 mart kuni, soat 03:30 larda Olmazor tumanida joylashgan “Mineral suvlar” blok postida tungi xizmat olib borayotgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi 3-batalon, 4-safarbarlik guruhi YPX inspektori serjant U.Maxkamov, Kinologiya xizmati xodimi safdor K.Teshaboyev hamda IIBB PPXB xodimlari safdor X.Razzaqov va safdor J.Mamayusupovlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahri hududiga harakatlanib kirib kelayotgan, “Mercades-Benz” rusumli avtoulov to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtoulov haydochisi: 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Qibray tumani, M.Bedov ko’chasi, 38-uyda yashovchi A.J.ga tegishli bo’lgan avtoulov salonidan, politilen selofanga o’ralgan, jigar rangli, o‘tkir xidli, saqichsimon modda borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, J.Axmadjonov Olmazor tuman IIO FMBga topshirildi.

Joriy yilnig 6 mart kuni, soat 03:10da, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan, Toshkent shahar IIBB PPXB hodimi safdor F.Saidqulov va IIBB YHXB YPX brigadasi 4-bataloni YPX nspektorlari kichik serjant I.Abdurahimovlar tomonidan Uchtepa tumani, Katta Hirmontepa ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Spark rusumli avtoulovini to‘xtatilib tekshirilganda, ushbu avtoulov yo‘lovchisi: 1998 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minova ko‘chasida yashovchi K.P.ning yonidan, 5 dona tropikamid, 2 dona sprey idishda (sumep, naftizin), 1 dona sproklotsin, 1 dona sulfat natriy, 1 dona aksom natriy, 1 dona navakayin, 10 000 so‘mlik kupyura ichida noma’lum o‘tkir hidli, oq rangli, kukunsimon modda, qora ezolentaga o‘ralgan jigar rangli o‘tkir hidli, saqichsimon modda, 1 dona oq mato parchasiga o‘ralgan noma’lum o‘simliksimon moddalar borligi aniqlandi hamda holis guvohlar ishtirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro K.P. Uchtepa tumani IIO FMBga olib borib topshirilgan.

Joriy yilnig 7 mart kuni, soat 23:45 larda Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi KvaOTDYHXT Maxsus bataloni inspektorlari katta serjant I.Djumaboev, kichik serjant N.Qosimov, Kinologiya xizmati xodimi serjant S.Payziev xamda IIBB PPXB xodimlari safdor N.X.Teshaboev va safdor D.S.Egamberdievlar tomonidan, Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahri hududiga harakatlanib kirib kelayotgan, Neksiya rusumli avtoulov to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtoulov haydovchisi: 1969 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri, Yashnobod tumani 2-tuzel mavzesi, 12A-uy, 41-xonada doimiy ro‘yxatda turuvchi F.D.ning cho‘ntagidan 1000 (Ming) so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir xidli, o‘simliksimon modda borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, F.Djuraev Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.
