Majburiy ijro byurosining Shovot tumani boʼlimi ish yurituvida sud hujjatlariga asosan ;- javobgar Sh.Аtaboyev tomonidan Shovot tumani, Shovot shaharchasi, Shovot mahallasi hududidagi jami 15,0 kv.metr yer maydonida qurilgan yengil konstruktsiyali koʼchma doʼkonni javobgar hisobidan buzib tashlash va maydonni asl holatiga keltirish
- javobgar Sh.Masharipov tomonidan Shovot tumani, Shovot shaharchasi, Shovot mahallasi hududidagi jami 12,0 kv.metr yer maydonida qurilgan yengil konstruktsiyali koʼchma doʼkonni javobgar hisobidan buzib tashlash va maydonni asl holatiga keltirish
- javobgar Sh.Yaqubova tomonidan Shovot tumani, Shovot shaharchasi, Shovot mahallasi hududidagi jami 12,0 kv.metr yer maydonida qurilgan yengil konstruktsiyali koʼchma doʼkonni javobgar hisobidan buzib tashlash va maydonni asl holatiga keltirish toʼgʼrisidagi ijro hujjatlari mavjud edi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlar ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi toʼgʼrisida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdor noqonuniy qurilgan binolarini buzishmagan.
Majburiy ijro harakatlari davrida, noqonuniy qurilgan yengil konstruktsiyali koʼchma doʼkon majburiy tartibda buzdirilib, ijro hujjati boʼyicha ish yurituvi tamomlandi.
Byuroning Xorazm viloyat
boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot boʼyicha katta inspektori