image

Yangibozor tuman hokimi tuman hududiga har yili 1,3 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish haqida qaror imzoladi.

date_range26.10.2022, 14:56

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 2- va 9-noyabr kunlari kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, daraxt, buta ko‘chatlari ekish va parvarishlash hamda 2022-yilda uy-joylar qurilishini amalga oshirish va “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 47-sonli bayoni hamda uning ijrosi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 2-va 9-noyabr kunlari kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va buta ko‘chatlari ekish va parvarishlash hamda 2022-yilda uy-joylar qurish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 47-sonli bayoni hamda berilgan vazifalarni o‘z muddatlarida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 25- moddalariga asosan,
Qaror qilaman:
 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 2- va 9-noyabr kunlari kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, daraxt, buta ko‘chatlari ekish va parvarishlash hamda 2022-yilda uy-joylar qurilishini amalga oshirish va “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 47-sonli bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, samarali amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida quyidagilar asosiy ustuvor vazifalar etib belgilansin:
tuman hududiga har yili 1,3 mln.  tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish;
tumanda mavjud yashil maydonlarni 30 foizgacha oshirish;
daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish;
ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish;
ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish;
hududlarda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish;
yoshlar va boshqa ko‘ngillilarni daraxt ekish va parvarishlash ishlariga keng jalb qilish;
daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;
har bir daraxtni parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash, bu borada rag‘batlantirish mexanizmlarini keng joriy etish;
daraxtlarni shikastlantirganlik va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish.
3. Tuman hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, daraxtlar ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish chora-tadbirlari    1-ilovaga;
2022-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga;
2022-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning sohalar kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 4. Tuman hokimining  sohalar bo‘yich o‘rinbosarlari:
har yili fevral va sentabr oylarida daraxt ekiladigan hududlarni manzilli ro‘yxatini shakillantirib, tuman hokimining qarori asosida belgilab borsinlar.
15 kun muddatda kelgusi yilda yashil maydonlarni sug‘orish uchun ko‘chalar ichidagi irrigatsiya tizimlarini barpo etish va quduq qazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlansin.
 5. Xorazm davlat O‘rmon xo‘jaligi bilan kelishgan holda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari:
har bir hududning iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlarini ko‘paytirish, yetkazib berish hamda ekishga mas’ullar  belgilansin.
6. Quyidagilar:
tuman hokimining o‘rinbosari М.Saparboyev hududlarda dala chetlariga, kanal va kollektorlar bo‘ylariga, aholi tomorqalari va o‘rmon xo‘jaligi yerlariga;
tuman hokimining o‘rinbosari D.Erkayev avtomobil yo‘li bo‘ylari, milliy bog‘lar hududlari, tuman markazlarida;
tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari I.Qalandarov  ijtimoiy soha va turizm obyektlarida hamda mahallalarda;
tuman irrigatsiya bo‘limi O.Sapayev hududlarda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash hamda sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
7. Quyidagilarga:
Tuman hokimligi J.Xolmetov, М.Saparboyev, D.Erkayev, O.Sapayev, tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga;
mazkur qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
8. Tuman  Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi F.Ruzmetova hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi G.Egamberganovaga joylarga chiqqan holda, belgilab berilgan har bir vazifalar mazmun-mohiyatini  tushuntirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlariga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. Tuman hokimligi J.Xolmetov, М.Saparboyev, D.Erkayev, O.Sapayev, tuman hokimligi axborot xizmati U.Nurmetovaga, “Yangibozor kozgusi” gazetasi tahririyati U.Yaxshimuradov bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda daraxt, buta ko‘chatlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hududlarda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha turkum maqolalar chop etish, muhokamalar va tahliliy ko‘rsatuvlar tayyorlasin hamda keng jamoatchilikni amalga oshirilayotgan tadbirlarga faol jalb qilishga qaratilgan axborot-tahliliy materiallarni yoritish hamda “ochiq muloqot” va brifinglar o‘tkazib borish vazifalari topshirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.

Туман ҳокимиУ.Курбанов










Yangibozor tuman hokimining
2022 yil 17 oktabrdagi
671-12-178-Q/22-son qaroriga
1-ilova
                                                2022 йил куз мавсумида Хоразм вилояти ҳудудида манзарали, мевали дарахт ва буталар кўчатларини экишнинг                                                                                                                                                                
МАНЗИЛЛИ ДАСТУРИ
 минг дона
Т/рҲудудлар Жами экиладиган кўчатлар ва қаламчалар миқдоришу жумладан:
умумфой даланувдаги автомобиль йўллари ёқасига*қишлоқ хўжалиги ерларида иҳота дарахтзорлар барпо этиладиган ерлардафермер хўжаликлари экин ер майдонлари четларига корхоналар ва хизмат кўрсатиш соҳалари ҳудудларида туман (шаҳар)лардаги ободонлаштириш бошқармалари тасарруфидаги ҳудудлар ва объектларда*туман (шаҳар)лардаги ҚФЙ, МФЙ ҳудудлари ва бошқа объектлар ҳудудларида*
халқ таълими йўналиши объектларидамактабгача таълим йўналиши объектларидасоғлиқни сақлаш йўналиши объектларида
кмсони
1Янгибозор туман4779,13,822,5268,16,13,72,31,931137,6
Жами4779423268642231138
 
 
2022 йил куз мавсумида Хоразм  вилояти ҳудудида манзарали, мевали дарахт ва буталар кўчатларини экишнинг
МАНЗИЛЛИ ДАСТУРИ
Ҳудудлар Жами экиладиган кўчатлар ва қаламчалар миқдори (минг.дона) 
Япон сафорасиКатальпаШумтолҚайрағочТеракЗарангТутЖийдаБехиУзумВиргин арчасиШарқ туясиМевали ва ёнғоқ мевали дарахт кўчатлариБошқа турдаги манзарали дарахт ва бута кўчатлариҚаламчалар
1Янгибозор туман4774,72,611,912,250,55,970,90,20,35,70,81,2145,956,6107,6
Жами477531212516710061114657108
Yopish