image

O`tgan 9 oy davomida Shovot tumanida nechta fuqaro ishga joylashtirilgani haqida hisobot berildi.

date_range24.10.2022, 19:22
Tumanda 2022-yilning o‘tgan 9 oyi davomida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda Bandlik dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Shovot tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Tajiyev Abror Matsapayevichning hisoboti to‘g‘risida.

Mehnat resurslari taqsimotiga asosan, Shovot tumanida mavjud 174 885 nafar aholining 92474 nafarini mehnatga layoqatli fuqarolar tashkil qilib, ulardan 71956 nafarni iqtisodiy faol aholi, 6678 nafarni ishsiz shaxslar (3439 nafar yoshlar, 3860 nafar ayollar), ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil qiladi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 6111 nafar (3650 nafar ayollar, 2385 nafar yoshlar) ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, ulardan 1422 nafari
(859 nafar ayollar, 521 nafar yoshlar) maqbul bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ishga joylashtirildi.
Jumladan: tuman hokimining qaroriga asosan, kvota ish o‘rinlariga belgilangan qarorlar bo‘yicha 70 nafar (38 nafar ayollar 21 nafar yoshlar) ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan toifadagi shaxslar tartibidan, jumladan, 6 nafar 14 yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar, 55 nafar ta’lim muassasalari bitiruvchilari 1 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan qaytganlar, 1 nafar muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarning bandligi ta’minlandi.
2022-yil yanvar-sentabr oylarida “Kasbga o‘qitish, qayta o‘qish va malakasini oshirish” yo‘nalishida 511 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 322 nafar o‘quvchilarga qayta tayyorlov kurslarida malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 799-sonli qaroriga asosan, 2022-yil yanvar-sentabr oylari davomida tumanda istiqomat qiluvchi 943 nafar ishsiz va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, 71 ta ish beruvchilarga, jamoat ishidagi ishchilarni ish haqlari uchun 879,8 mln so‘m mablag‘ to‘liq to‘lab berilgan va bu ishlar yil davomida tashkil etib kelayotganligini bildirib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagini bildirgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jumladan,
Tumandagi ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 74 nafar fuqarolarga subsidiya asosida 155.6 mln so‘mlik yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berilib bandligi ta’minlandi.
 Aholi bandligini ta’minlash maqsadida sektor rahbarlari tashabbusi bilan 18 marotaba  bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilib, yarmarkada 1520 ta korxona va tashkilotlar 5760 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Mehnat yarmarkalariga jalb qilingan 1848 nafar (1081 nafar yoshlar, 1142 nafar ayollar), jumladan, 806 nafar ta’lim muassasalari (umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim) bitiruvchilarini tashkil qildi.
Yarmarkada ishtirok etganlarning 337 nafariga yo‘llanmalar berilib, 185 nafari ishga joylashtirildi.
Jazodan qaytganlardan 14 nafari  ishga joylashtirilib, 53 nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, 13 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.
 Markaz tomonidan hududdagi 891 ta korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishchi kuchi va mutaxassis kadrlarga talab (ehtiyoj) bo‘yicha taqdim etilgan 3278 ta bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yuzasidan ma’lumotlar umumlashtirilib, ish qidiruvchilarga tanishtirib borildi. Qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan jami 104 nafar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishlariga ko‘maklashish yuzasidan monitoringlar tashkil qilinib, hisobot davrida zaxiraga bo‘shatilgan yoshlar tarkibidan, 42 nafari OTMga kirish uchun tayyorlanayotganliklari, 26 nafari turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashdi, 13 nafari ishga joylashish jarayonida.
Tuman bo‘yicha 2022 yil maboynida xorijiy davlatlardan qaytib kelgan 2396 nafar fuqarolardan 1930 nafar fuqaro bilan uchrashib so‘ravnomalar to‘ldirilgan. Shulardan aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 74 ta fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 5 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan, mustaqil ishga joylashganlar 9 nafar, o‘z tadbirkorligini boshlaganlar 1 nafar,  kasbga o‘qitilgan 1 nafar, 3 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini  boshlash uchun 3 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazish subsidiya ajratildi, norasmiy ishlab yurgan fuqarolar 857 nafari, chet mamlakatlarga ishlash maqsadi bo‘lgan fuqarolar 302 nafari, ishsizlik nafaqasi oliganlar 1 nafar, chet mamlakatlarga ishlash uchun qaytib ketganlar 577 nafarni tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni atroflicha muhokama etilib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi” Qonunining 6-24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR  QILADI:
1. Tumanda 2022-yilning o‘tgan 9 oyi davomida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda bandlik dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Tajiyev Abror Matsapayevichning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori А.Tajiyevga:
-tuman bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomidaish aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilsin.
-ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida muntazam bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish;
-har bir mahalla kesimida aniqlangan ishsiz yurgan xotin-qizlarning ishlash imkoniyatini hisobga olgan holda ularni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
-tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlarida ish hajmini hisobga olgan holda ish qidirib yurgan ishsiz fuqarolarni jalb qilish;
-ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish, ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarni to‘liq band qilish yuzasidan aniq choralarni ko‘rish;
-tumanda 2022-yilda doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash vazifalari topshirilsin.
3.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (S.Saidov), aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (А.Tajiyev) bilan birgalikda:
- ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini ishga tushirish, kengaytirish hisobiga yetarli ish o‘rinlarini yaratish hamda tashkil etilgan ish o‘rinlari tumanda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini qayta tiklash yangi ish joylari tashkil etish;
- tumanda bo‘sh turgan bino va inshootlarni qayta xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish uchun tadbirkorlarga berish choralarini ko‘rish vazifalari topshirilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga:
-hududlarda ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish;
-yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni hududlar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan rahbarlarga nisbatan choralar ko‘rish yuzasidan aniq takliflarni kiritib borish;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi “Hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish ishlari samaradorligi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida”gi SQ-478-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
5.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
6.Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashi deputati, sessiya raisi
U.Ruzmetov