image

Bog`ot tumanidagi ko`cha nomi "Jasorat" medali sohibi nomiga o`zgartirildi

date_range24.10.2022, 19:17
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga, “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga “Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasiga asosan, tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar)ga (keyingi oʻrinlarda matnlarda “geografik obʼektlar” deb yuritiladi) nom berish va qayta nomlash maqsadida xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi
                                                           Q А R O R   Q I L А D I:

1. Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining takliflari asosida Geografik obʼektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2022 yil 31 yanvardagi yigʻilish bayoni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Tozabozor” mahallasidagi “Oltinqum” koʻchasining nomini “Jasorat” medali sohibi marhum Azamat Umarov  nomiga qayta nomlansin.
3. Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Bogʻot tumani filiali (E.Eshniyazov), Ichki ishlar boʻlimi (E.Axmedov), tuman hokimligi tizimidagi boshqarma, boʻlim, tashkilot va muassasalarga:
koʻchaga nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar koʻrish hamda hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
4. Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi, “Tozabozor” MFY bilan birgalikda tuman boʻyicha tasdiqlangan yagona zamonaviy milliy dizayn asosida bir oy muddatda geografik obʼekt nomi qayd qilingan peshlavhalarni oʻrnatsin.
5. Belgilansinki, geografik obʼektlar nomlari qayd qilingan peshlavhalarni oʻrnatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari va homiylar hisobiga qoplanadi.
6. Mazkur qaror rasmiy manbalarda eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin hamda rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
7. “Tozabozor” mahallasidagi “Oltinqum” koʻchasining nomini “Jasorat” medali sohibi marhum Azamat Umarov  nomiga qayta nomlanishi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 25-martdagi “Bogʻot tumanidagi aholi punktlarining tarkibiy qisimlariga nom berish va qayta nomlash togʻrisida”gi IV-64-32-12-170-K/22-sonli qarori ilovasining 620-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (S.Qurbonov), oʻrinbosarlari (M.Qalandarov, R.Sharipov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi (M.Matmuratova) zimmasiga yuklatilsin.

Кенгаш раисиШ.Яхшибаев