image

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi.

date_range21.10.2022, 17:15
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–405-son, 20.10.2022 y.)

🔰 Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan:

🔹 Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
🔹 hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi;
🔹 hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.

🗓 2023 yil 1 iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali elektron ko‘rib chiqish imkoni yaratiladi.

☑️ Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

▫️Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
▫️Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi;
▫️Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
▫️“Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi.

🏢 Yangi o‘zlashtirilgan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiritiladi.

✅ Shuningdek qaror bilan 2023–2026 yillarda Kadastr agentligi faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi. 

📝 Unga ko‘ra agentlik 25 169 gektar yer uchastkalarini o‘lchab ularning elektron xaritalarini yaratadi.