image

Yangibozor tumanida zararkunanda va kasalliklarga qarshi agrotexnik tadbir o’tkazildi.

date_range29.06.2022, 16:20
Viloyatimiz bo'ylab manzarali va mevali daraxtlar hamda butalarda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda tarqalishining oldini olish ishlari olib borilmoqda
Jumladan, Yangibozor tumanida manzarali va mevali daraxtlar, butalar holatini yaxshilash, ularga kuchli zarar yetkazishi mumkin boʼlgan xavfli karantin, boshqa turdagi zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Yangibozor tuman bo'limi va viloyat Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi shu bilan birga boshqa aloqador tashkilotlar bilan xamkorlikda agrotexnik tadbir oʼtkazilmoqda.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati