image

QAROR LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

date_range09.06.2022, 18:54
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” АJda "Oʼzenergoinspektsiya" Xorazm hududiy boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʼi-energetika resurslarining narxlarini oʼzgartirish toʼgʼrisida»gi qarori loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi. Unda OАV vakillari, bloger va jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga voha isteʼmolchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashda “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” АJ tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar va kelgusidagi rejalar boʼyicha jamiyat bosh direktori S.Beregin batafsil maʼlumot berib oʼtdi. Taʼkidlanganidek, tizimda olib borilayotgan oʼzgarish va yangilanishlarni aholiga yetib borishida OАV vakillarining oʼrni muhim.Аnjumanda jamiyat bosh direktorining oʼrinbosarlari ham oʼz yoʼnalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtishdi.Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqildi.