HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

Xorazmda talaba xotin-qizlarning kontrakt tölovi uçun 600 million söm ajratildi

Xorazm viloyatida ijtimoiy ehtiyojmand oilalardan bölgan, yetim yoki ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan talaba xotin-qizlarni moddiy qöllab-quvvatlaş uçun 600 million söm mablağ yönaltiriladi.

Bu haqda Xorazm viloyati hokimining 2026-yil 3-noyabrdagi 398-12-0-F/26-sonli farmoyişida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, 2026–2027-öquv yilidan boşlab oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, Xorazm viloyati hududida doimiy röyxatda turuvçi talaba xotin-qizlarning bazaviy tölov-kontrakt summasining 50 foizini qoplaş uçun 600 million söm ajratiladi.

Mazkur mablağ viloyat mahalliy budjetining 2026-yil uçinçi çorak daromadlari rejasi oşirib bajarilgan qismi hisobidan şakllantiriladi.

Farmoyişda viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasiga budjetga tegişli özgartirişlar kiritiş, Ğaznaçilik xizmati boşqarmasiga esa ajratilgan mablağlarni belgilangan tartibda ötkaziş vazifasi yuklatilgan.

Uşbu çora-tadbirlar ijtimoiy ehtiyojmand oilalardan bölgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olişini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗