Xorazm viloyatida bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş uçun 1 milliard söm mablağ ajratiladi.Bu haqda Xorazm viloyati hokimining 2026-yil 3-noyabrdagi 408-12-0-F/26-sonli farmoyişida belgilangan.
Hujjatga köra, 1 milliard söm viloyat mahalliy budjetining 2026-yil uçinçi çorak daromadlari rejasi oşirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligiga ajratiladi.
Şuningdek, viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasiga mahalliy budjetga tegişli özgartirişlar kiritiş, viloyat Ğaznaçilik xizmati boşqarmasiga esa mablağlarni belgilangan tartibda ötkazişni ta’minlaş topşirilgan.
Farmoyiş ijrosini nazorat qiliş viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari A. Davletov zimmasiga yuklatilgan.
Farmoyişda kontentlarning aynan qaysi turda bölişi, ularni yaratiş bilan kimlar şuğullanişi va mablağlarning qanday loyihalar böyiça sarflanişi batafsil körsatilmagan.