Xorazm viloyatida metan gaz quyiş şoxobçalari faoliyatiga kiritilayotgan çeklovlar haydovçilarning noroziligiga sabab bölmoqda. Ayrim haydovçilarning ta’kidlaşiça, zapravkalardagi iş vaqti yoki gaz quyiş imkoniyatiga çeklovlar joriy etilayotgani haqida oldindan xabar berilmayapti.Natijada metan gaz quyiş uçun şoxobçalarga yöl olgan haydovçilar u yerda gaz quyiş imkoni yöqligini bilib, boşqa zapravkalarni izlaşga majbur bölişmoqda. Bu esa ortiqça vaqt va yoqilği sarfi, şuningdek, haydovçilarning sarson bölişiga olib kelmoqda.
Haydovçilar çeklovlar kiritilişining özidan köra, bu haqda oldindan ogohlantirilmayotganidan köproq norozi. Ularning fikriça, gaz ta’minotida vaqtinçalik çeklov zarur bölsa, aholi va haydovçilarga bu haqda oldindan ma’lumot berilişi lozim.
Vazirlik oldindan ogohlantiriş zarurligini bildirgan
Energetika vazirligining 2026-yil 7-noyabrdagi rasmiy bayonotida havo haroratining pasayişi sababli metan gaz quyiş şoxobçalari faoliyatiga vaqtinçalik çeklovlar kiritilişi mumkinligi ma’lum qilingan.
Bayonotga köra, bunday vaziyatlarda birinçi navbatda aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan ta’minlaşga ustuvorlik beriladi.
Zarurat tuğilganda metan zapravkalarga çeklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan jadval asosida kiritilişi, iste’molçilar esa bu haqda oldindan ogohlantirilişi kerakligi qayd etilgan.
Biroq Xorazm viloyatidagi ayrim şoxobçalarda kuzatilayotgan çeklovlarning aniq sababi, amal qiliş muddati va iş tartibi yuzasidan haydovçilarga yetarli ma’lumot berilmayotgani haqidagi e’tirozlar mavjud.
Haydovçilar qanday ma’lumot kutmoqda?
Haydovçilar mas’ul taşkilotlardan Xorazm viloyatidagi metan gaz quyiş şoxobçalariga çeklovlar qaysi asosda kiritilayotgani, ular qança davom etişi va qaysi vaqtlarda gaz quyiş mumkinligi haqida aniq tuşuntiriş berilişini kutmoqda.
Şuningdek, çeklovlar joriy etilgan taqdirda, bu haqda aholini oldindan xabardor qiliş tizimini yölga qöyiş muhimligi ta’kidlanmoqda.